Video

Qoʻllari qaychi Shuhrat: oʻzbekistonlik sartarosh Ginness rekordini oʻrnatdi – video

Taniqli sartarosh Shuhrat Ismatillayev 10 soat ichida yuzdan ziyod kishining sochini olib, rekord oʻrnatdi
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Taniqli oʻzbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev 10 soat ichida 110 kishining sochini olib, Ginness rekordlar kitobiga kirdi. Qayd etish joizki, rekord uchun 100 kishining sochini olish kifoya edi. Ammo Ismatillayev dastlabik rejani ortigʻi bilan bajardi.
Shuhrat Ismatillayev Sputnik agentligiga bergan intervyusida 10 soat davomida u va uning yordamchilari bu vaqt mobaynida tik oyoqda turishgani va eng koʻpi bir stakandan suv ichishganini maʼlum qildi.
“Stop!” signalidan keyin oyoqlarim ogʻrishni boshladi, qolganlari hozircha yaxshi. Ish vaqtida taxminan 100 gramm suv ichdim. Ovqat borasida hatto oʻyladim. Bugun tushimda soch olishni davom ettirsam kerak, lekin bir necha kun hech qanday pulga hech kimning sochini olmayman”, - deya hazil qiladi Shuhrat.
U uni qoʻllab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi va bu kelajakda rejalari bisyorligini aytdi.
“Men ota-onam, doʻstlarim va yurtim men bilan faxrlanishlari uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilaman. Bu bilan toʻxtab qolish niyatim yoʻq – keyingi qadam Jahon chempionati boʻladi”, - dedi u.
Oʻzbekistonik sartarosh jahon rekordini qanday oʻrnatganini Sputnik videosida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala