Rossiyada to‘rt o‘zbekistonlik yong‘in oqibatida halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Solnechnogorsk shaharchasidagi mehnat migrantlari yashaydigan turar joyda yong‘in sodir bo‘ldi. Buning oqibatida to‘rt o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Moskva viloyati Solnechnogorsk shaharchasidagi mehnat migrantlari yashaydigan turar joyda yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in 13-noyabr kuni shaharchadagi Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan quruvchilarning vaqtincha turar joyida ro‘y bergan.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan aloqa o‘rnatgan.
Yong‘in oqibatida bu yerda yashab kelgan mehnat migrantlari orasida 2 kishi jarohat olgan va 4 kishi vafot etgan.
Vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari (Sh.A. 1969 y.t., E.U. 1998 y.t., Sh.K. 1987 y.t., A.R. 1998 y.t.).
Holat nazoratga olingan. Vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadlarini Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Toshkentda yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0