“Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling”: YHXBB haydovchilarga murojaat qildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKoleso avtomobilya vo vremya snegopada
Koleso avtomobilya vo vremya snegopada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2021
Obuna bo‘lish
Ayrim joylarda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda. Bu yo‘llardagi harakatni qiyinlashtiradi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarib, hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi holatlari kuzatilmoqda. Hozir Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. Shu munosabat bilan Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) haydovchilarga murojaat qildi.
Boshqarma haydovchilardan bunday ob-havo sharoitida quyidagilarni so‘rab qolgan:
texnik nosozliklar, ayniqsa, rul boshqaruvi va tormoz tizimida nosozliklari bo‘lgan transport vositalaridan foydalanmaslik;
isitish tizimi nosoz bo‘lgan, avtotransport oynalari terlab sun’iy pardani hosil qilib, ko‘rinishni cheklaydigan transport vositalaridan foydalanmaslik;
oraliq masofani xavfsizlik darajasida ushlash;
belgilangan tezlik talablariga aniq rioya qilish;
mashinani mast holda boshqarmaslik.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2021
Chang bo‘roni, -15 daraja sovuq: O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi
Yangiliklar lentasi
0