Kolumnistlar

Yevropa chegaralariga “migrantlar hujumi”ning asl sababi

© DANIEL MIHAILESCU / AFPMigrantы prorыvayutsya skvoz zakrajdeniye na granitse Gretsii i Makedonii
Migrantы prorыvayutsya skvoz zakrajdeniye na granitse Gretsii i Makedonii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Yevropa Ikkinchi Jahon urushi yillarida yahudiylarga nisbatan beshafqat migratsion siyosati evaziga kiritgan rahmdillik siyosatidan bugun mutlaq boshqa xalqlar foydalanmoqda.
TOSHKENT, 15 noya - Sputnik. 2015 yilda ham bugun ham Osiyo va Afrikadan millatlarning Yevropaga koʻchish toʻlqini boshlanganda YEI siyosatchilari murakkab vaziyatda qolishdi.
Bir tomondan YEI davlatlari oʻz fuqarolari manfaatlarini himoya qilishi, davlat chegaralarini qoʻriqlashi kerak. Hozirgi kunda YEI chegaralari toʻliq yopilgan deb aytib boʻlmaydi, lekin migrantlarni kiritish yoki kiritmaslik haqidagi qarorni har bir hukumatning oʻzi qabul qilishi kerak. Migrantlarga qarshi tura olmagan davlatning hukumatni boshqarish qobiliyati ham shuba ostiga tushadi. Demak yuqoridagi vaziyatda har bir davlat oʻz chegarasini kerak boʻlsa kuch yordamida himoya qilishi kerak.
Boshqa tomondan esa, YEI inson huquqlarini oʻz siyosatining boshqa davlatlardan ajratib turuvchi “alfa va omegasi” deb atadi. Xususan, Yevropa quvgʻinlar va kambagʻallar uchun boshpana deb eʼlon qilingan. Ana shunday tamoyil eʼlon qilingan ekan kelgan har qanday mehmonni qabul qilish – Yevropa davlatlarining majburiyati. Ular “mehmonlarni” nafaqat kiritish balkim ularni boqishi ham kerak. “Biz buni uddalaymiz” degan edi Angela Merkel 2015 yilda.
Bugun Belarus hududi orqali Polsha yoki Litva hududiga kirishga urinayotgan ushbu mehmonlarning “birovning uyiga bir umrga kirib olish” istaklarini Yevropa davlatlari tushunishni istamayapti. Xoʻsh endi nima qilish kerak? YEI qabul qilmas ekan, nega boshidan katta vaʼdalar berdi, qandaydir alfa va omegalar haqida gapirdi?
Voqealarning bunday tus olishiga albatta Lukashenkoni ham ayblash mumkin, chunki bugungi hodisalarda uning ham hissasi bor. Lekin Belarus prezidenti boʻlmaganda ham migrantlar Yevropaga kirib borishning boshqa yoʻllarini topar edi. Bu teshikdan boʻlmasa u teshikdan.
Yevropaning qochqinlarga bunday “mehribonligi” bejiz paydo boʻlmagan. Buning uchun tarixning Yevropa va boshqa ayrim davlatlari uchun sharmandali boʻlgan davrini varaqlashga toʻgʻri keladi - xususan, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrni.
Oʻsha davrlarda yashagan va uni oʻz asarlarida batafsil tasvirlagan yozuvchi Lion Feyxtvanger oʻzining “Quvilish” asarida shunday yozgan edi: “Urush va undan keyingi yigirma yilda bir qator mamlakatlarda davlat toʻntarilishi sodir boʻldi. Ular koʻplab kishilarni oʻz vatanini tashlab begona yurtlarga qochishga majbur qilishdi. Shu tariqa koʻp millatli emigratsiya paydo boʻldi. Ushbu qovogʻi soliq mehmonlar mamlkatga kelmasin, ularni hech kim qabul qilishni istamas edi. Barcha yerlar va ishlar boshqa millatlar orasida taqsimlangan edi. Qobiliyatli kelgindilarga muhtoj mamlakat qolmagan edi. Ish va non qidirayotgan begonalar qayerga bormasin ularga xoʻmrayib qarashar edi. Ularga ishlash tugul nafas olishga zoʻrgʻa ruxsat berishar edi. Quvgʻinlarga oʻzlarining quvgʻinligini tasdiqlovchi hujjat olish ham amri mahol edi. Koʻplab davtlatlar uchun ushbu holat begonalarni quvib chiqarishga asos boʻlardi. Baʼzida, kerakli hujjatlari boʻlmagan shaxslarni politsiyachilar tunda mashinada chegaraning u tomoniga oʻtkazib tashlar, kelgusi tunda esa qoʻshni davlat politsiyasi ularni orqaga olib kelib tashlar edi”. Muallifning soʻnggi qatordagi gaplari goʻyoki bugun yangiliklarda aytilayotgan gaplarga oʻxshab ketadi.
Emigrantlar kambagʻalligi – bu hali ularning boshiga tushgan zahmatlarning hammasi emasdi. Begona yurtda hayotnni saqlab qolishning oʻzi qiyin ish edi. Oʻzlarini demokratik deb eʼlon qilgan davlatlar qochqinlar taqdiriga mutlaq befarq edi, hattoki gap bir burda non emas inson hayotini qutqarish haqida ketganda ham.
Migrantы ustroili davku vo vremya razdachi yedы na granitse Belarusi i Polshi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2021
Video
Belarus-Polsha chegarasi: migrantlar lagerida ur-yiqit boshlanib ketdi - video
Bu borada 1939 yilning 13 may kuni Gamburgdan Kubaga yoʻlga chiqqan "Sent-Luis" kemasi hikoyasi tarix kitoblariga kirtilishga arziydi. “Mahkumlar kemasi” deb nom olgan ushbu kemada 900 nafar nemis yahudiylari bor edi. Ularning barchasida Kuba vizasi boʻlsa-da, kema Gavanaga yetib borganiga qadar u vizalar bekor qilingan edi. Yoʻlovchilar yordam soʻrab AQSH va Kanadaga murojaat qilishadi va rad javobi olishadi. Ular mamlakatda migrantlar uchun boʻsh joy qolmadi, aholining oʻzi kambagʻal deb rad javobi berishadi. 27 may kuni Gavanaga yetib kelgan Sent-Luis orqaga tomon yoʻl olishga majbur boʻladi. Eng soʻnggi damda Joint - yahudiylarlarning Amerikadagi tashkiloti ularni bir amallab turli davlatlarda joylashtirishga muvaffaq boʻladi. Britaniya – 287 kishini, Frantsiya – 224 kishini, Belgi 214 kishini va Gollandiya 181 kishini qabul qilishga rozi boʻladi.
Bir faqat bir hikoya xolos. Aksariyat hollarda migrantlarni hech kim qabul qilishga rozi boʻlmasdi. Ularning oʻz taqdiri oʻzlariga qoʻyib berilardi. Shveytsariya hukumatining oʻsha vaqtlarda mashhur boʻlgan iborasi "Das Boot ist voll" — yaʼni "qayiq toʻlgan".
Xuddi shunday amaliyotni boshqa davlatlar ham tez-tez qoʻllar edi. 1938 yilda Frantsiyaning Evian shahrida boʻlib oʻtgan anjumanda Uchinchi reyxning yahudiy qochqinlari masalasi ham koʻtarilgan edi. Oʻshanda barcha ishtirokchilar “Rahmimiz kelayapti, lekin ...”.
Albatta ushbu davlatlar nafaqat yahudiy qochqinlar, balkim har qanday millatga mansub qochqinlarni qabul qilishni istamas edi.
Hayratlanarli shundaki, demokratik hisoblanmagan Ispaniya, Portugaliya va Eron yahudiylar qaygʻusiga koʻproq gʻamxoʻrlik qilishdi. Ushbu qolgan davlatlarni birovning gʻamiga befarq boʻlmaslikka chaqirishdi, lekin natija boʻlmadi.
Undan keyin esa odatiy nohaqlik yuz berdi – noayblar jazolandi, ishtirok etmaganlar – mukofotlandi.
1919-1945 yillar yakunida esa – urush yillarida migrantlar uchun “doʻzax”ga aylangan Yevropa migrantparvar hududga aylandi. Uchinchi davlatlardan kelgan iqtisodiy migrantlarga hamma narsa – imtiyozlar, yordam puli va boshqa “mukofotlar” berildi. Ularga oʻz mamlakatlarida hech narsa xavf solmasa-da hayot uchun kerakli qulayliklar olish niyatida Yevropaga oqib kela boshladi.
Bejentsы na belorussko-polskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Dunyoda
Migrantlar inqirozi: Belarus-Polsha chegarasida nimalar roʻy bermoqda
Buni odamzot uchun odatiy hol desa boʻladi. Rus yozuvchisi va shoiri Aleksandr Blok 1918 yilda yozgan “Intelligentsiya va revolyutsiya” asarida shunday degan edi: “Nima sababdan odamlar zodgonlarning chiroyli bogʻlariga kirib hojat chiqarmoqda? Chunki u yerda ayollarni tahqirlab, nomusiga tegishgan. Yoki nima sababdan yuz yillik ulkan chinorli bogʻlarni kesib tashlamoqda? – Chunki yuz yillar davomida ularning keng shoxlari ostida zodagonlar kambagʻallarni yerga urib, oʻz boyligini namoyish qilgan, axmoqlarga esa aql oʻrgatgan”.
Oʻsha vaqtlarda bunday voqealar darhaqiqat boʻlganmi yoki yoʻqmi – bu alohida masala. Balkim boʻlgan hamdir, lekin oxir oqibat oʻsha qaygʻular uchun mukofotni hech qanday zarar koʻrmagan Poligraf Poligrafovich Sharikovga tegdi (It yurak asari qahramoni).
Zahmatni birov chekadi, mukofotni boshqa oladi. Bu insoniyat uchun odatiy qoida shekilli. Yevropaliklarning huquqiy insonparvarligi ham shunga oʻxshaydi. Ular bagʻoyat insoniy, haddan ortiq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala