Jamiyat

IIB Toshkentda namoz vaqti telefon oʻgʻirlagan shaxsni qidirmoqda - video

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Toshkent masjidlaridan birida namoz vaqti telefon oʻgʻirlagan shaxsga nisbatan JKning oʻgʻirlik moddasi boʻyicha jinoyat ishi ochildi.
TOSHKENT, 15 noya - Sputnik. Toshkent shahar IIBB tomonidan masjidlardan birida namoz vaqtida 2 ta telefon oʻgʻirlagan yigit qidirilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, voqea 13 noyabr kuni taxminan soat 12.30 larda sodir boʻlgan. Sergeli tumanidagi masjidlardan birida nomaʼlum shaxs namoz oʻqish uchun kelgan fuqaro R.J.ning umumiy qiymati 3.500.000 soʻmga teng boʻlgan 2 dona uyali telefon apparatini oʻgʻirlab voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ("Oʻgʻirlik") alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyatni sodir etgan nomaʼlum shaxsni aniqlash yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari davom etmoqda, deyilgan xabarda.
Suratda aks etgan kishi haqida biror maʼlumotga ega boʻlganlar 102 raqamiga xabar qilishi soʻralgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala