Turizm

Jahon turizm tashkiloti anjumani Samarqandda boʻlib oʻtishi mumkin

Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
UNWTOdagi bir necha davlatdatlar turizm elchilari 2023 yilda boʻlib oʻtadigan umumjahon turizm anjumani manzili sifatida Samarqandni qoʻllab quvvatlashdi.
TOSHKENT, 15 noya - Sputnik. 2023 yilda Jahon turizm tashkilotining (UNWTO) Bosh assambleyasining umumjahon anjumani Samarqandda boʻlib oʻtishi mumkin. Bu haqida Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.
Oʻzbekistonning UNWTOdagi doimiy vakili elchi Jahongir Gʻaniyev 2023 yilda boʻlib oʻtadigan UNWTO Bosh assambleyasining 25-umumjahon anjumanini Samarqandda oʻtkazishni taklif qildi. Buning uchun elchi 2 noyabr kuni boʻlib ovoz berishda Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Gʻaniyev aytishiga koʻra, Oʻzbekiston hukumati tomonida Samarqandda zamonaviy infratuzilma yaratish, logistka masalalari hamda turizm sektorini rivojlantirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻz navbatida qator davlatlar diplomatik vakolatxonalari vakillari umumjahon tadbirni Samarqandda oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlashdi.
Maʼlumot uchun, ushbu masala shu kunlarda Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtayotgan UNWTO doimiy aʼzolari uchrashuvida muhokama qilinmoqda. Uchrashuvda 90dan ortiq xorijiy davlat elchilari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala