Iqtisod

Kelgusi yilda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish borasida qanday choralar koʻriladi

Mujchina s pustыmi karmanami
Mujchina s pustыmi karmanami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Hokim yordamchilari tomorqasi boʻlgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qoʻy va echki boqilishini tashkil etishga koʻmaklashishadi.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati kelgusi yilda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Koʻriladigan chora-tadbirlar:
oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, xizmat koʻrsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion soʻm beriladi;
paxta va gʻalladan boʻshaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;
meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion soʻm resurs yoʻnaltiriladi;
aholi bandligini taʼminlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yoʻnaltiriladi;
aholi tomorqasida dehqonchilikni yoʻlga qoʻyish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.
Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanib, tomorqasi boʻlgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qoʻy va echki, kamida 5-10 ta kurka, 5 ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga koʻmaklashishadi.
Indeks nujdayemosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Infografika
Muhtojlik qanday aniqlanadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala