Sport

Oʻzbekiston sambo boʻyicha CHMda umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi

© NOK UzbekistanaChempionat mira po sambo v Tashkente
Chempionat mira po sambo v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Toshkentdagi musobaqalarda oʻzbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qoʻlga kiritishdi.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. 12-14 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Yunusobod sport majmuasi”da oʻtkazilgan sambo boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi.
Musobaqada ishtirok etgan oʻzbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medalni qoʻlga kiritishdi: 3 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza.
Quyidagi oʻzbekistonlik sportchilar sovrindor boʻlishdi:
Oltin:
-58 kg: Bahodir Bakiyev (jangovar sambo);
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov;
-98 kg: Nodirjon Mirxalikov;
Kumush:
-79 kg: Ulugʻbek Rahmonov;
-64 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo);
-50 kg: Sabina Davlatova;
-79 kg: Furqat Roʻziyev (jangovar sambo);
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo);
Bronza:
-59 kg: Ibodatxon Agojonova;
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo);
-71 kg: Istam Qudratov;
“Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinda yakunlashdi”, - deyilgan MOQ xabarida.
Birinchi oʻrinni Rossiya vakillari egallashdi (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashdi.
Qayd etish joizki, oʻtgan oy Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar jamoasi Gretsiyaning Saloniki shahrida oʻtgan Jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala