O‘zbek ijodkorlari Dubayda lazgi va balet aralash tomosha ko‘rsatadi – video

© Ministerstvo turizma i sporta UzbekistanaV neskolkix gorodax Rossii sostoitsya postanovka baleta "Lazgi — tanes dushi i lyubvi"
V neskolkix gorodax Rossii sostoitsya postanovka baleta Lazgi — tanes dushi i lyubvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Obuna bo‘lish
"Lazgi muhabbat va qalb raqsi" baleti premyerasi EXPO 2020 Dubai ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. "Lazgi muhabbat va qalb raqsi" baletining xalqaro premyerasi 27-noyabr kuni Dubai Opera sahnasida O‘zbekiston kunlari doirasida bo‘lib o‘tadi.
Shu kunlarda BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Expo-2020" tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston ham o‘zinin xalqaro miqyosda munosib taqdim etmoqda. Xususan nufuzli xalqro tanlovlar laureati Bexzod Abduraimovning chiqishlari ham rejalashtirilgan.
Undan tashqari "Expo-2020"dagi "O‘zbekiston" pavilonida o‘zbek milliy taomlarini tatib ko‘rish imkoni ham mavjud.
Shuningdek, ko‘rgazmada O‘zbekistonning iqtisodiy yutuqlari, investitsion imkoniyatlari hamda rivojlanish dasturlari namoyish etiladi. “Expo-2020” doirasida O‘zbekiston madaniy dasturining rasmiy hamkori sifatida Respublika madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, EXPO 2020 Dubai ushbu yilning 1-oktabrida boshlanib 2022-yilning 31-martiga qadar davom etadi. Tadbirga butun dunyodan 25 million kishi kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan IX Xalqaro madaniyat forumida O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki doirasida "Lazgi muhabbat va qalb raqsi" baleti Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Perm shaharlarida ham namoyish etiladi.
Yangiliklar lentasi
0