Jamiyat

Qon bosimi pasayganda qanday mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak

© Pixabay / Stock SnapGolovnaya bol
Golovnaya bol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Mutaxassis gipotoniyaga chalingan bemor qanday tibbiy tekshiruvlardan oʻtadi, qon bosimini dori vositalarisiz koʻtarish mumkinmi degan savollarga javob berdi.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Hamidulla Toshpoʻlatov qon bosimi pasayishiga oid savollarga javob berdi.
— Gipotoniyaga chalingan bemor qanday tibbiy tekshiruvlardan oʻtadi?
— Bu shifokor koʻrigidan soʻng maʼlum boʻladi. Odatda bemor umumiy qon va siydik analizlari, elektrolitlar uchun qon topshiradi. Shuningdek, yurak ritmining buzilishi va miokard infarktini istisno qilish uchun EKG tekshiruvi, buyrak usti bezi faoliyatini kuzatish uchun kortizol gormoni darajasini aniqlash, koʻkrak rentgenogrammasi va qorin boʻshligʻining ultratovush tekshiruvini oʻtkazish lozim.
Ayrim yoshlarda gipotoniya vegetativ qon-tomir distoniyasi belgisi hisoblanadi. Bunday holatda ularga jismoniy faoliyat va sogʻlom turmush tarziga rioya qilishi tavsiya etiladi.
— Qon bosimini dori vositalarisiz koʻtarish mumkinmi?
— Albatta. Biroq gipotoniya belgilari kuzatilganda, eng avvalo, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Aks holda biron bir yashirin kechayotgan jiddiy kasallikni oʻtkazib yuborish mumkin.
Shuningdek, gipotoniklar har kuni boshqalarga nisbatan 2-3 stakan koʻproq suv ichishga odatlanishlari kerak. Sport bilan shugʻullanish ham qon bosimi pasayishining oldini olishga katta yordam beradi. Buning uchun piyoda sayr qilish, suzish, serharakat oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlish lozim. Bu esa organizmda qon aylanishini yaxshilab, tana aʼzolarining bir maromda ishlashini taʼminlaydi.
Quloqlarning ogʻriqli nuqtasi va qoʻl va oyoqlardagi barmoqlar uchini uqalash ham tana aʼzolari faoliyatiga ijobiy taʼsir etadi.
Bundan tashqari, ushbu kasallikka chalingan insonlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda boʻlishi kerak. Ayniqsa, gipotoniyada suli yormasi va grechixadan tayyorlangan boʻtqalar juda foydali. Lekin xamir va yogʻli ovqatlarni kamroq isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga, uy sharoitida shoʻr baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch isteʼmol qilish, kofe ichish (qachonki uni kam isteʼmol qiladigan insonlar ichganda) qon bosimini oshiradi. Biroq shoʻr mahsulotlar bilangina qon bosimini koʻtarish toʻgʻri emas. Boisi natriy yurak yetishmovchiligi (ayniqsa, yoshi katta insonlarda) va boshqa kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin.
Tabletka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Jamiyat
Yuqori qon bosimida qanday dorini ichish mumkin emas
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala