Migratsiya

Rossiyada kiritilayotgan QR kod tizimi xorijliklarga qanday taʼsir qiladi?

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishJitel Moskvы demonstriruyet tsifrovoy propusk dlya peredvijeniya po gorodu
Jitel Moskvы demonstriruyet tsifrovoy propusk dlya peredvijeniya po gorodu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Rossiyada koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilishi rejalashtirilayotgan QR-kod tizimlari xorij fuqarolariga qanday taʼsir qilishi haqida.
TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiya hukumati yaqin vaqt ichida jamoat joylarida, jamoat transportida, mahalliy va xalqaro yoʻnalishlardagi samolyot va poyezdlarda yurishga ruxsat beruvchi QR-kod tizimlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Ushbu qonun loyihasi allqachon Davlat Dumasiga kiritilgan va u yerda koʻrib chiqilmoqda. Ushbu munosabat bilan, jamoat joylarida QR-kod tizimini joriy etish Rossiyada vaqtincha yashayotgan xorijiy fuqarolarga qanday taʼsir qilishi mumkinligi haqida Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikovaga izoh berdi.
Tatyana Golikova aytishiga koʻra, yangi qonun qabul qilingan taqdirda u xorij fuqarolariga taʼsir qilmaydi, ulardan avvaldagidek PZR test talab qilinadi, deb javob berdi.
"Biz taklif qilgan yangi qonun loyihasi xorijiy fuqarolar tomonidan jamoat joylari va tadbirlarga borishni nazorat qiladi. Bugungi kunda ularga nisbatan hech qanday oʻzgarish nazarda tutilmagan. Xorijiy fuqarolardan PZR test talab qilinadi xolos. PZR test topshirganda uning natijalari Davlat xizmatlari yagona portaliga yuboriladi", - dedi vazir oʻrinbosari.
Shuningdek, yangi qonun bilan Rossiyada PZR-test natijalarini 24 soat ichida maʼlum qilish amaliyoti kiritilmoqda. Bugungi kunda ushbu taxlillar juda uzoq tekshirilmoqda. Yangi qonunga koʻra, laboratori tahlil natijasini 24-soat ichida tizimgsha yetkazib berishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala