Jamiyat

Rossiyadan Oʻzbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishPosadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, yaʼni "Voljskiy - Toshkent" yoʻnalishiga chiptalar sotib olish mumkin.
TOSHKENT, 15 noya - Sputnik. Noyabr oyida Rossiyadan Oʻzbekistonga beshta maxsus poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Poyezdlar 15, 19, 22, 26 va 29 noyabr kunlari soat 20:57 da "Voljskiy-Toshkent" yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi. Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, yaʼni Voljskiy-Toshkent yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Rossiya onlayn chipta sotish manbaaliga koʻra, Volgrad shahridan yoʻlga chiqadigan ushbu poyezdga chipta narxi 12439 rubl turadi.
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tomonidan tashkil qilinayotgan ushbu maxsus reyslar "Voljskiy-Toshkent" yoʻnalishida Rossiyadan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan fuqarolarga pandemiya davrida qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirlmoqda, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala