Siyosat

Prezident maslahatchisi Rustam Inoyatov oʻrniga Baxtiyor Islomov tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRustam Inoyatov
Rustam Inoyatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Baxtiyor Islomov huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bungacha bu lavozimda Rustam Inoyatov faoliyat olib borayotgandi.
TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoni bilan Islomov Baxtiyor Jahongirovich prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
U bungacha prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.
Ushbu tayinlovga qadar Rustam Inoyatov 2018 yil 27 avgustdan beri mazkur lavozimda faoliyat olib borayotgan edi.
1995 yil 27 iyunidan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi boʻlib kelgan Rustam Inoyatov 2018 yil 31 yanvar kuni lavozimidan ozod qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala