Jamiyat

Samarqand aeroportining yopilishi yana bir oyga uzaytirildi

© Pixabay / Gerhard G.Samolet, illyustrativnoye foto
Samolet, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga yoʻnaltiriladi.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Samarqand aeroportining yopilishi dekabr oyining oʻrtalariga qadar uzaytiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, aeroportda yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigatsiya uskunalarini foydalanishga tayyorlash bilan bogʻliq ishlar davom ettirilmoqda.
“Shu munosabat bilan aeroportning yopilishi joriy yilning 15 dekabriga qadar uzaytiriladi”, - deyilgan xabarda.
Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga – "Navoiy", "Buxoro", "Qarshi" aeroportlariga yoʻnaltiriladi.
Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar vaqtincha yopilishi xabar qilingan edi.
Samarqandda 2022 yilda boʻlib oʻtadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida yangi aerodrom kompleksi qurilishi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala