Shifokor qandli diabetga qarshi kurashning asosiy qoidalarini sanab o‘tdi

CC0 / pixabay / Vrach skoroy pomoshi
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Obuna bo‘lish
Diabetga chalingan bemor sutka davomida qondagi qand miqdorini doimo to‘liq saqlashi kerak, aks holda kasallikning og‘ir asoratlariga duch kelishi mumkin.
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Qandli diabet O‘zbekiston aholisi orasida ham keng tarqalgan kasalliklardan biri. Respublika endokrinologiya markazi diabetologiya bo‘limi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova ushbu kasallikning xavfli oqibatlarini oldini olish borasida tavsiyalarini berdi.
Shifokor aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘proq qandli diabetning 2-turi tarqalgan va uning oldini olsa bo‘ladi. Buning uchun bemor, avvalambor, endokrinolog nazoratida bo‘lishi lozim.
Ehtiyoj bo‘lganda kardiolog, nevropatolog, nefrolog, xirurg mutaxassislari bilan maslahatlashgan holda davolanish choralarini ko‘rishi kerak.
- Qandli diabetga chalingan bemorlar qondagi qand miqdori sutka davomida doimo to‘liq meyorida yursagina qandli diabetning asoratlarining oldini olish yoki kechiktirish mumkin, - deydi shifokor. - Aks holda statsionar davolanish ham bu kasallikda yordam bera olmaydi.
Bemor yilda ikki marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, umumiy qon, umumiy peshob va biokimik tahlillarni o‘z vaqtida o‘tkazishi zarur.
Undan tashqari qandli diabetga chalingan bemor doimiy ravishda quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:
parhezda bo‘lishi,
qand miqdorini pasaytiruvchi vositalarni iste’mol qilib borishi,
jismoniy faollikni oshirishi zarur.
Diabetga chalingan kishilarda yoshidan qat’i nazar, u yoki bu darajada jismoniy yuklama bo‘lishi lozim, - deydi shifokor.
Shifokor aytishiga ko‘ra, sog‘lom odamlar ham har uch yilda bir marotaba o‘zlarini diabetga tekshirishlari kerak. Diabet kasali xavf guruhida bo‘lganlar esa - yilda bir marta.
Ma’lumot uchun, 14-noyabr — Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni. Ushbu kasallik O‘zbekistonda eng keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Uning asosiy sababi sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0