Jamiyat

Tashkilot kredit olsa xodimlar maoshini kechiktirishi mumkinmi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Jizzaxda kredit olgani sababli xodimlar maoshi toʻlashini kechiktirgan tashkilot Oliy Majlis ombudsmani tomonidan keskin tanqid qilindi.
TOSHKENT, 15 noya - Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanida yashovchi fuqaro H.A. Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha ombudsmaniga maoshi toʻlanmayotgani munosabati bilan murojaat qildi.
Murojaatchi aytishiga koʻra, “Jizzax suv taʼminoti” MCHJning Forish tumani filiali xodimlariga uch oy davomida ish haqlarini bermasdan kelgan. Ishchilar oylik maoshlarini talab qilishganida esa tuman va viloyatdagi bosh hisobchilar tashkilot kredit olgani sababli shunday holat yuzaga kelgani tushuntiriladi.
Vaxolanki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161 moddasida mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, hodimlarning uch oylik maoshlari toʻlab berildi. Murojaatchining soʻzlariga koʻra, hozirda ishchilarga ish haqlari muddatidan kechiktirilmagan holda toʻlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala