Video

Vaziyat jiddiy tus olmoqda: migrantlar Polshadan nimani talab qilishmoqda

Migrantlar Belarus-Polsha chegarasida joylashgan lagerni tark etishdi. Ular “Bruzgi” chegara oʻtkazish punktiga yoʻl olishdi.
Aksariyati Suriya va Iroqdan boʻlgan qochoqlar Polsha chegarasini kesib oʻtib, Yevropa Ittifoqi hududiga oʻtishni rejalashtirishmoqda.
Hozir qochoqlar oʻtkazish punkti oldida toʻplanishmoqda. Polshalik harbiylar chegara atrofini qurshab olib, tikanli simlarni tortishgan. Boz ustiga vodomyot va maxsus texnikalar olib kelingan.
Migrantlar norozilik belgisi sifatida toʻsiq oldida oʻtirib olishgan. Ular Polshadan ularni Germaniyaga oʻtkazib yuborishni talab qilishmoqda.
Voqea joyidan olingan lavhalarni Sputnik videosida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala