Jamiyat

Yaqin qarindoshlarning bir davlat korxonasida ishlashi: qanday javobgarlik taklif qilinmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Davlat xizmatchisi oʻzaro qarindoshlik rishtalariga ega boʻlgan shaxs bilan xizmat qilayotganligi oʻziga maʼlum boʻlgan vaqtdan boshlab 10 kun ichida rahbarga bu haqida xabar berishi lozim.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Davlat xizmatiga ishga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urugʻchilik (nepotizm)ning oldini olish va unga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Qonun loyihasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan yaqin qarindoshlik haqida ish beruvchiga maʼlum qilmaslik BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha hamda xabar berilgan taqdirda ish beruvchi ularni ishlab kelgan ish (lavozim)ga teng boshqa ish (lavozim)ga oʻtkazish choralarini koʻrmasa BHMning 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solish taklif qilinmoqda.
Davlat xizmatchisi oʻzaro qarindoshlik rishtalariga ega boʻlgan shaxs bilan xizmat qilayotganligi oʻziga maʼlum boʻlgan vaqtdan boshlab 10 kun muddat ichida davlat tashkiloti rahbariga bu haqida xabar berishi lozim.

Mazkur holatlar xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgandan soʻng aniqlangan taqdirda, ish beruvchi ulardan birini, biri ikkinchisiga bevosita yoki uning nazorati ostida boʻlmagan avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim)ga oʻtkazish choralarini koʻrishi shart.
Qayd etish joizki, amaldagi Oʻzbekiston Mehnat kodeksining 79-moddasiga koʻra, oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaxslarning, basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.
Bunda ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari yaqin qarindosh hisoblanadi.
Jamoatchilik muhokamasi 2021 yil 30 noyabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala