AQSh Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi - Bayden

© AP Photo / Andy WongJenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga
Jenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
Jo Bayden Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh Tayvan oroli mustaqilligini tan olmasligini bildirdi.
TOShKENT, 16 noya —Sputnik. Vashington “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qiladi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tgan sammitda.
“AQSh Xitoyga qarshi ittifoqlarni kuchaytirish, Xitoy bilan mojaroga kirishish yoki Xitoy tizimini o‘zgartirishni rejalashtirayotgani yo‘q”, - dedi Bayden.
Shuningdek, AQSh Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi va Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlik bo‘lishiga umid bildiradi, deyilgan xabarda.
O‘z navbatida Si Szinpin agar Tayvan orolida separastist kuchlar belgilangan cheragadan oshgan taqdirdan keskin choralar ko‘rishini ma’lum qildi.
Xitoy tomonidan uchrashuvda tashqi ishlar vaziri Van I hamda Kommunistik partiya MK a’zosi Yan Szechi, vitse-premyer Lyu Xe va boshqalar ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun AQSh va Xitoy munosabatlari sobiq prezident Donald Tramp vaqtida keskin yomonlashgan edi. Dastlab AQSh Xitoyning Huawei va ZTE kabi kompaniyalariga kuchli bosim o‘tkaza boshladi, so‘ngra Xitoyni koronavirus paydo bo‘lishida aybladi. Undan keyin esa qator mahsulotlarga import bojini oshirdi.
Yangiliklar lentasi
0