Hodisalar

Buxoroda 2 ishchini tuproq va qum bosib qoldi

© Sputnik / Yegor YeremovLopata
Lopata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Buxoroda suv quvurlari yotqizilayotgan joyda yer oʻpirilishi sabab 2 kishi vafot etdi.
TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Buxoro viloyati Kogon shahrida tuproq oʻpirilishi oqibatida 2 kishi halok boʻldi.
Sledstvennыy izolyator, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Hodisalar
Namanganda sobiq "uchastkovoy"ga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 16 noyabr kuni soat 14:50 da Kogon shahar “Doʻstlik” MFY Doʻstlik koʻchasida “61-avtokorxona” MCHJ tomonidan yer 5–6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oraligʻida kovlangan holda 1000 millimetrli suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni oʻpirilib, ikki nafar ishchini tuproq va qum bosib qolgan.
Viloyat FVB qutqaruvchilari voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida 2 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura rahbariyati va tezkor-tergov guruhi chiqdi.
Dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala