Rossiya

Gintsburg koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaktsina xavfsizligiga baho berdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishDirektor FGBU "Natsionalnыy issledovatelskiy tsentr epidemiologii i mikrobiologii imeni pochetnogo akademika N.F.Gamalei" Minzdrava RF (Moskva) Aleksandr Gintsburg
Direktor FGBU Natsionalnыy issledovatelskiy tsentr epidemiologii i mikrobiologii imeni pochetnogo akademika N.F.Gamalei Minzdrava RF (Moskva) Aleksandr Gintsburg  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Gamaleya markazi direktori: burunga sepiladigan vaktsinaning hech qanday nojoʻya taʼsirlarini koʻrmadik.
TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaktsinasining hech qanday nojoʻya taʼsirlari qayd etilmadi. Bu haqda N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg maʼlum qildi.
“Hozir biz burunga sepiladigan vaktsinaning hech qanday nojoʻya taʼsirlarini koʻrmadik”, - dedi Gintsburg. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Oktyabr oʻrtalarida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi burunga sepiladigan sprey koʻrinishidagi SPRAY 08-Gam-KOVID-Vak-2021 koronavirusga qarshi vaktsinasining klinik sinovlarini oʻtkazishga ruxsat bergan edi.
Gintsburgning soʻzlariga koʻra, koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaktsinadan emlash oʻrnida foydalanish haqidagi masala klinik tadqiqotlarga qarab hal qilinadi. Hozircha aniq javob yoʻq.
Gamaleya markazi direktorining taʼkidlashicha, burunga sepiladigan vaktsina bilan yarim yilda kamida bir marta emlanish kerak boʻladi, aniq xulosaga kelish uchun qoʻshimcha tadqiqot oʻtkazish kerak.
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Dunyoda
The Lancet “Sputnik Layt”ning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala