Iqtisod

Hokimliklarning gʻalla yetishtiruvchilar faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishUborka urojaya zernovыx.
Uborka urojaya zernovыx. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining gʻalla yetishtiruvchilar faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi.
TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.
Uborka urojaya zernovыx na polyax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.09.2021
Iqtisod
Gʻalla hosili uchun minimal narx maʼlum qilindi
Qarorga muvofiq, 2022 yildan ekishga tavsiya etilgan bugʻdoy navlari xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.
2022 – 2024 yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining gʻalla ekilgan har gektar maydon hisobidan oʻrtacha 2,5 tonnadan bugʻdoyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida erkin sotadi.
Har yili 1 avgustgacha bugʻdoyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda eʼlon qilinadi.
Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- imtiyozli kreditlardan foydalanish yoʻnalishlariga aralashish;
- bugʻdoyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari oʻrtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;
- gʻallachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlarni qoʻshish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki tartibda koʻrsatma berish.
2021 – 2022 yillarda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala