Jamiyat

Oʻzbekiston Milliy atlasi yaratildi

© Foto: Kadastrovoye agentstvo UzbekistanaSozdan Natsionalnыy atlas Uzbekistana
Sozdan Natsionalnыy atlas Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Milliy atlas 416 ta xaritalarni oʻzida jamlagan 2 jilddan
TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan birinchi marotaba Oʻzbekiston Milliy atlasi yaratildi. Bu haqda Kadastr agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Milliy atlas 416 ta xaritalarni oʻzida jamlagan 2 jilddan iborat boʻlib, Oʻzbekistonning barcha sohalarini kartografik va matnli koʻrinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-maʼlumotnoma asari hisoblanadi.
Atlasda mamlakatning tabiiy-geografik oʻrni va umumiy xususiyatlari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, aholisi, ijtimoiy va iqtisodiyot sohalari hamda tarixi aks ettirilgan.
Milliy atlas Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasi olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy taʼlim va boshqa ilmiy maqomga ega boʻlgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala