O‘zbekistonda 70 ming tonnadan ortiq baliq ovlandi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishSelskoxozaystvennaya yarmarka v Simferopole
Selskoxozaystvennaya yarmarka v Simferopole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
Shu yili yanvar-sentabr oylarida respublikada jami 70 275 tonna baliq ovlandi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar - sentabr oylarida respublikada jami 70 275 tonna baliq ovlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 12,2 % ga oshdi.

Ovlangan baliqning yuqori hajmlari 37 693 tonna yoki umumiy hajmidan 53,6 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda qayd etildi, aksincha kam hajm 4 861 tonna (6,9 %) dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida kuzatildi.
Joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 16,3 % ga va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa 11,5 % ga o‘sish qayd etildi, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida aksincha 2,8 % ga kamayish kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0