Iqtisod

Toʻqqiz oy ichida ishsizlik darajasi pasaydi – Mehnat vazirligi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishRabochiy na stroyke
Rabochiy na stroyke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Oʻzbekistonda 2021 yilning toʻqqiz oyi davomida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi.
TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kam, deb xabar qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Taʼkidlanishicha, respublikaning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy soʻrov oʻtkazilgan. Tadqiqot davomida 500 ta oʻzini oʻzi boshqarish organlari, 5 mingta uy xoʻjaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olingan.
2021 yilning toʻqqiz oyi davomida mehnat resurslari soni 19,3 million kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan.
Shundan 6,1 million kishi rasmiy sektorda band boʻlib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 7,9 foizga yoki 450,5 ming kishiga oʻsgan. Norasmiy sektorda band boʻlganlar soni 5,9 mln kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254 ming kishiga kamaygan.
Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1,4 million kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etmoqda. 16—30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi — 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz boʻlgan.
Yanvar—sentyabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga 842 ming nafar fuqaro ish topishga yordam soʻrab murojaat qilgan boʻlib, ularning 302 ming nafari ish bilan taʼminlangan.
Murojaat qilgan fuqarolarning 203 ming band boʻlmagan aholi haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi uchun 177 mlrd soʻm mablagʻ toʻlab berildi. Bundan tashqari, 93,5 ming nafar ishsizlarga 81,9 mlrd soʻm ishsizlik nafaqasi tayinlandi va toʻlab berildi.
Oʻtgan davrida 31,5 ming ishsizlar hamda "ayollar daftari", "yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsizlarga 66,6 milliard soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi.
Jumladan:
tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish, asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish, "Hunarmand" uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun 6 263 nafar fuqarolarga 4,8 milliard soʻm;
shaxsiy va dala tomorqasida issiqxona, ekishga urugʻlar va koʻchatlar hamda sugʻorish vositalarini harid qilish uchun 16 426 ta oilalarga 43,7 milliard soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilgan.
2021 yilning 9 oyi davomida jami 338,2 mingta yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan yoki prognozga nisbatan 24 foizga bajarilgan. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali 91,5 ming nafar aholi band etilgan.
Mujchina s pustыmi karmanami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Iqtisod
Kelgusi yilda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish borasida qanday choralar koʻriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala