Siyosat

Deputatlar XTV va ATK rahbarlari nomzodlarini maʼqullashdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSherzod Shermatov
Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri boʻlishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 17 noya – Sputnik. 17 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda deputatlar axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga Sherzod Shermatov nomzodini va xalq taʼlimi vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini koʻrib chiqdilar va maʼqulladilar.
Sherzod Shermatov (1977 yilda tugʻilgan) Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchisi. U, shuningdek, AQShdagi Yel universitetini tamomlagan (2000).
Shermatov 2014 yildan 2016 yil noyabrigacha Toshkentdagi Inha universiteti rektori boʻlgan. 2016 yil noyabridan 2017 yil fevraligacha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan. 2017-2018 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi boʻlib mehnat qilgan. Shuningdek, 2018 yilda innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Shermatov 2018 yilning iyunidan hozirga qadar XTV rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
XTV rahbariga maʼqullangan Baxtiyor Saidov Oʻzbekistonning Xitoydagi elchi sifatida 2017 yil iyundan beri ishlab kelayotgan edi. U 2018 yilning aprel oyidan Oʻzbekistonning Moʻgʻulistondagi elchisi, 2019 yildan esa — Filippindagi elchisi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimlarida ham faoliyat yuritayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 3 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishdan olingan edi. U 2018 yil avgustidan bu lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala