Migratsiya

Emlash va QR-kod: oʻzbek diasporasi Rossiya hukumatidan yordam soʻramoqchi

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishJitel Moskvы demonstriruyet tsifrovoy propusk
Jitel Moskvы demonstriruyet tsifrovoy propusk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Butunrossiya oʻzbeklar va oʻzbekistonliklar kongressi migrantlarga QR-kodlarini berish masalasida xat tayyorlamoqda.
TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Mehnat migrantlariga yordam beruvchi Rossiya tashkilotlari koronavirusga qarshi emlashni tashkil etish va QR-kodlarini berish masalasida Rossiya Federatsiyasi rasmiy organlariga murojaat tayyorlamoqda.
Jitel Moskvы demonstriruyet tsifrovoy propusk dlya peredvijeniya po gorodu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Migratsiya
Rossiyada kiritilayotgan QR kod tizimi xorijliklarga qanday taʼsir qiladi?
Bu haqda Butunrossiya oʻzbeklar va oʻzbekistonliklar kongressi raisi Ibrohim Xudayberdiyev maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Rossiya hududlarida ishlayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari COVID-19 ga qarshi emlanish va QR-kod olishda qiyinchiliklar haqida shikoyat qilmoqda.
“Hududlar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʻlmagani uchun xorijliklarni emlashga ruxsat bermayotgani haqida xabar kelmoqda. Ular emlana olmayapti va bundan keyin kodlar berilmayapti”, - dedi Xudayberdiyev RIA Novosti’ga.
Migrantlar emlanish uchun imkoniyat topa olmayapti, emlana olmaganlar esa uyda qolib, faqat oziq-ovqat doʻkoniga borishga majbur boʻlayotgani haqida koʻplab shikoyatlar kelib tushmoqda, deb tushuntirdi u.
Taʼkidlanishicha, migrantlar uyushmalari Rossiya rasmiy tuzilmalariga migrantlarga emlash va QR-kodlarini olishga ruxsat berilishi yuzasidan xat tayyorlamoqda.
“Hozir biz shunday xat tayyorlayapmiz va uni kim imzolashi va uni qayerga – ehtimol Rospotrebnadzorga joʻnatish masalasini hal qilyapmiz”, — deb qoʻshimcha qildi kongress raisi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala