Jamiyat

Endi yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishAvtomobili v probke
Avtomobili v probke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Ilgari faqat jismoniy shaxslar qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin.
TOSHKENT, 17 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda endi yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin.
Hukumat qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, endi yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin. Ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan.
Ijaraga oluvchida alkololli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki oʻzgacha mastlik aniq koʻrinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.
Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligini “Maʼmuriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala