Dunyoda

"Miss Qozogʻiston" eng goʻzal malikalari aniqlandi – foto

© Sputnik / Timur BatыrshinKonkurs Miss Kazaxstana
Konkurs Miss Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Kecha “Qozogʻiston goʻzali 2021” tanlovi finali boʻlib oʻtdi. Birdaniga uch nafar qiz tanlov gʻolibasi boʻldi.
TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Aqtoʻbe shahridan kelgan ishtirokchi Nazerke Karmanova "Miss Qozogʻiston" birinchi goʻzali tojining sohibasi boʻldi.
Endi u “Dunyo goʻzali” xalqaro tanlovida respublika sharafini himoya qiladi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston muxbiri.
© Sputnik / Timur BatыrshinKonkurs Miss Kazaxstana
Konkurs Miss Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Konkurs Miss Kazaxstana
Shuningdek, final bosqichida Qozogʻiston nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan yana 2 nafar qiz tanlandi.
© Sputnik / Timur BatыrshinKonkurs Miss Kazaxstana
Konkurs Miss Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Konkurs Miss Kazaxstana
Anna Glubokovskaya (Qaraganda) "Zamin goʻzali" tanloviga boradi.
© Sputnik / Timur BatыrshinKonkurs Miss Kazaxstana
Konkurs Miss Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Konkurs Miss Kazaxstana
Aydana Axantayeva esa “Koinot goʻzali” tanlovida Qozogʻiston sharafini himoya qiladi.
“Sport goʻzali” birinchi vitse-miss Danagul Karabay, ikkinchi vitse-miss “Miss Fashion” Karligʻash Seksenqizi boʻldi.
“Miss Qozogʻiston – 2019” tanlovi gʻolibi Madina Batik va hakamlar hayʼati raisi Marat Bisengaliyev gʻolibalarga toj va lentalarni topshirdi.
Hakamlar hayʼati grand finalga yoʻl olgan eng yaxshi 5 nafarni tanlagandan soʻng, yana jonli ovoz berish boshlandi. Beshta grand finalchilar gʻolibasini qozogʻistonliklar jonli efirda tanladilar.
“Miss Qozogʻiston” tanlovi gʻolibasi pul mukofoti va lyuks brendlar bilan koʻplab reklama shartnomalariga ega boʻladi. Bundan tashqari, tanlovning 25 yilligi munosabati bilan grand finalchilarni sovgʻalar kutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala