Namanganda erkak o‘zi gaplashib yurgan ayolning mashinasini yoqib yubordi

CC0 / Unsplash / Flavio Gasperini / Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto
Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
Fuqaro kelishmovchilik sabab ayol tanishining “Malibu-2” sini yoqib yuborgan.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Namangan shahri Davlatobod tumanida erkak o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan ayolning “Malibu-2” sini yoqib yubordi.
Viloyat IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 13-noyabr kuni ro‘y bergan. 32 yoshli ayolning mashinasi uyi oldidagi avtoturargohda bo‘lgan.
Surishtiruvda ayolning mashinasini uning tanishi yoqib yuborgani aniqlangan. Aniqlanishicha, ular o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan. Fuqaro bu ishni mast holda qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
V Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2020
Toshkentda qiz yigiti uylanish va’dasida turmagani uchun uning avtomobilini yoqib yubordi
Yangiliklar lentasi
0