Iqtisod

Energetik uygʻunlik: Oʻzbek-qirgʻiz elektr energiya tizimlari qanday ishlaydi

© Press-slujba pravitelstva / Sabыr AilchiyevToktogulskaya GES v Kыrgыstane
Toktogulskaya GES v Kыrgыstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Markaziy Osiyo energiya halqasi 83 ta elektr stantsiyalarni birlashtiradi va suv resurslarining mavsumiy koʻpayish va kamayishiga qarab energiya taqsimotini muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadi.
TOSHKENT, 17 noya – Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston energetika tizimlarining mavsumiy elektr almashishlari, oʻzaro hamkorlik qayta tiklangani haqida energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev Sevimli telekanaliga bergan intervyusida aytib berdi.
Telekanal muxbirining Oʻzbekiston qoʻshni respublikaga nima sababdan elektr energiyasi yetkazib berayotgani haqidagi savoliga energetika vazirligi mutaxassisi quyidagicha javob berdi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston energotizimlari parallel rejimda ishlaydi. Yaʼni, elektrlashtirish boshlanganda Markaziy Osiyoda rejalashtirilgan davrda mana shu ikkita energotizim bir-birini xususiyatidan, imkoniyatidan kelib chiqqan holda bir-biri bilan uygʻun ishlashi va mavsumiy nuqtai nazaridan bir-birini qoʻllab-quvvatlab turishi rejalashtirilgan.
Ming afsuski, keyin mana shu ish tizimi buzilib ketgan edi. Oxirgi 3-4 yilda qoʻshni mamlakatlarimiz energiya tizimlari bilan hamkorligimiz yanada kuchayib, eng yaxshi rejimlarda ishlaganidek munosabatlarga qaytib keldik.
Qirgʻiziston energiya tizimida elektr energiyasini ishlab chiqarish asosan suv resurslariga bogʻliq. Suv resurslariga bogʻliqligini Oʻzbekistonga ham salbiy ham ijobiy taʼsiri bor. Kuz-qish mavsumida Qirgʻizistonda energiyaga boʻlgan talab ortgan davrda agar ular elektr energiyasini koʻproq ishlab chiqarib “Toqtogul” suv omboridan suvni koʻproq chiqarib yuborishsa, keyingi yil bahor-yoz oylarida mana shu suv hajmini toʻldirishga majbur boʻlishadi va yozda suv chiqarish miqdorini keskin kamaytirishga majbur boʻlishadi.
Albatta, bu bizning Fargʻona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloq xoʻjaligiga oʻzini salbiy taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun juda uzoq vaqt mobaynida mana oʻzaro mavsumiy energiya almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan edi. Gidroresurslardan foydalanish – koʻproq yoz oylarida, issiqlik elektr stantsiyalaridan foydalanish – koʻproq qish oylarida.
Bu yerda yana bir ahamiyatli jihati shundaki, bizdagi kuzatilayotgan suv tanqisligi Qirgʻizistonda kuzatilayotgan suv tanqisligidan bir muncha yumshoqroq. U yerdagi suv tanqisligi juda ham yuqori nuqtaga yetib keldi. Yaʼni “Toqtogul” suv omboridan suv chiqarish rejimi normal ravishda amalga oshiriladigan boʻlsa, bahor oyiga kelib suv ombori toʻliq boʻshab qolish ehtimoli mavjud.
Shuning uchun biz joriy yil boshida Qirgʻiziston energetiklari bilan oʻzaro 3 yillik hamkorlik dasturini ishlab chiqib tasdiqlaganmiz. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan. Shunga koʻra, mavsumiy energiya almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan. Bahorda va kuzda elektr energiyasini biz ularga yetkazib beramiz, ular esa bizga yozda qaytarib berishadi. Natijada, bizning qishloq xoʻjaligimiz koʻproq suvga ega boʻladi va aksincha ularning suv omborlarida qish oylari uchun koʻproq suvni saqlash imkoniyatlari yuzaga keladi.
Ahamiyatli jihati shundaki, Oʻzbekiston energiya tizimi Qirgʻiziston energiya tizimidan toʻrt barobar katta. Yaʼni, sentyabr oylarida biz yetkazib beradigan yoki mart-aprel oylarida biz yetkazib beradigan hajmimiz Oʻzbekiston energiya tizimining 1,5 kunlik isteʼmoliga teng. Unaqa katta miqdorlar toʻgʻrisida gap ketayotgani yoʻq biz uchun, lekin ularning energiya tizimi 4 barobar kichkina boʻlganligi uchun ular uchun bu sezilarli ahamiyatga ega.
Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyo energiya halqasi sovet davrida qurilgan boʻlib u Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda joylashgan 83 ta elektr stantsiyalarni birlashtirgan edi. Uning boshqaruv-nazorat punkti esa Toshkentda joylashgan edi. Ushbu tizim nafaqat elektr taʼminoti, balkim qishloq xoʻjaligi yerlarini suv bilan taʼminlash jarayonlarini oʻzaro muvofiqlashtirish bilan shugʻullanib kelgan.
Oʻzbekiston SSSR davrida ushbu tizimining boshqaruvchisi boʻlgan va Toshkenetda hozirga qadar muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi bor. Uning yordamida davlatlararo elektr uzatish liniyalari oʻrtasida dispetcherlik boshqaruvi amalga oshirilib keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala