Jamiyat

Oʻzgidromet qor koʻchish xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoLavina
Lavina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi qor koʻchish xavfi haqida eʼlon berdi
TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi qor koʻchish xavfini eʼlon qildi.
"Bugun, 17 noyabr soat 8-00 dan 18 noyabr soat 8-00 gacha "Chimyon" togʻ zonasining dengiz sathidan 2000 m balandlikda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi", - deyilgan xabarda.
Boeing 767- 3 CBER - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Jamiyat
Toshkentda kuchli qor: bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozi kechiktirildi
Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston hududiga Rossiya hududidan nam va sovuq havo masslari kirib keldi. Respublika boʻyicha qor yogʻmoqda.
Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻlishi mumkin.
Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. YO’llarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, baʼzida 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Havo harorati 0 daraja atrofida, shimolda 3 daraja sovuqgacha boʻladi.
Toshkentda havo bulutli boʻladi, qor yogʻadi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0daraja atrofida boʻladi.
Togʻli hududlardaqor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushadi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, baʼzida 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 2-7daraja sovuqgacha pasayadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda qor uymlari, yaxmalak yuzaga keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala