Kolumnistlar

Qaynoq Markaziy Osiyo: respublikalar harbiy kuchlarini qanday birlashtirmoqda

© Ministerstvo oboronы respubliki UzbekistanCovmestnыe ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennыx na poligone "Matыbulak"
Covmestnыe ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennыx na poligone Matыbulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Afgʻoniston jahon OAVning birinchi sahiflalaridan tushgan boʻlsada, mintaqada terrorchilik, giyohvand moddalar savdosi tahdidlari saqlanib qolmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari janubiy strategik yoʻnalishda oʻzaro harbiy mashgʻulotlarni davom ettirmoqda.
TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. 17 noyabr kuni Afgʻoniston chegarasi yaqinida Tojikistonning Faxrobod poligonida KXSHTning "Kobalt" maxsus kuchlarining manyovrlari va Oʻzbekistondagi Termiz poligonida qozoq-oʻzbek qoʻshma "Hamkorlik-2021" oʻquv mashgʻulotlari boshlandi. Ushbu ikki tadbirk birlashtirilmagan bщlsada, lekin ularning maqsadi yagona – Afgʻonistondan xalqaro terroristik guruhlarning ehtimoliy qurolli ekspantsiyasiga qarshi birgalikda kurashni mashq qilishdir.
Rossiya Markaziy harbiy okrugining maxsus boʻlinmalari 16 noyabr kuni Faxrobod poligoniga Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Tezkor harakat kollektiv kuchlarining "Kobalt-2021" qoʻshma mashgʻulotlarida qatnashish uchun yetib keldi. Bu yerda rossiyalik mutaxassislar Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistondagi hamkasblari bilan birgalikda jangarilarni yoʻq qilish boʻyicha uch kunlik oʻquv amaliyotini oʻtkazadi.
Boʻlinmalar allaqachon marshda "ifloslangan hududlardan " oʻtishni, “dushman”ning sabotaj va razvedka guruhlari hujumlarini va havo hujumlarini qaytarish mashqlarini bajarishdi. “Kobalt” oʻquvlarida Rossiyadan 60 nafar harbiy xizmatchi va 10 ta harbiy texnika, jumladan ikkita koʻp maqsadli Mi-8MTV5-1 vertolyotlari ham ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston qoʻshinlarning "Hamkorlik-2021" qoʻshma oʻquv mashgʻulotlari 17-24 noyabr kunlari Oʻzbekiston janubida oʻtkaziladi. Maqsad – aksilterror operatsiya davomida ikki davlat qurolli kuchlarining oʻzaro operativ moslashuvchanligini hamda hamkorlik darajasini oshirishdir. Qozogʻistondan 100 dan ortiq harbiy xizmatchilar, koʻp funktsiyali Su-30SM qiruvchi samolyotlari, S-295 harbiy-transport samolyotlari, Qozogʻiston Respublikasi Harbiy-havo kuchlarining taktik uchuvchisiz uchish apparatlari ham ishtirok etmoqda. Manyovrlar davomida qoʻshinlar qidiruv-razvedka, dushmanning oldinga siljish otryadlarini yoʻq qilish, hujumni qaytarish va noqonuniy qurolli tuzilmalarni yoʻq qilish boʻyicha mashqlarni bajarishadi.
Qozogʻistonning Afgʻoniston bilan umumiy chegarasi boʻlmasada, Markaziy Osiyo hududida harbiy mojaro sodir boʻlgan taqdirda - chetda turmaydi. Avvalroq Afgʻonistondagi jangovar harakatlar va teraktlar davom etayotgan vaziyat munosabati bilan, Qozogʻiston parlamenti Qirgʻiziston va Tojikistonga begʻaraz harbiy-texnik yordam koʻrsatish choralarini maʼqullagan edi. Bundan tashqari, Qozogʻiston va Rossiya mudofaa vazirlari 9 noyabr kuni ikki davlat oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan 2022–2024 yillarga moʻljallangan yangi strategik sheriklik dasturini tasdiqlagan edi.

Xavfsizlik tizimi

AQSH va NATO qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqilganidan soʻng, Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik tizimi qayta koʻrib chiqilmoqda. Sentyabr oyidan beri qoʻshma harbiy mashgʻulotlar deyarli uzluksiz oʻtkazib kelinmoqda. Shunday qilib, 18-23 oktyabr kunlari Tojikistondagi Harb-Maydon va Momirak poligonlarida boʻlib oʻtgan KXSHTning “Oʻzaro hamkorlik”, "Qidiruv" va "Eshelon" oʻquv mashgʻulotlarida olti davlat - Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikistondan 2700 nafar harbiy xizmatchi va 500 ta texnika ishtirok etdi.
Noyabr oyi boshida KXSHTga aʼzo davlatlar qoʻshinlari Tataristonda “Buzilmas birodarlik-2021” manyovrlari formatida “Afgʻonni nazarda tutuvchi” tinchlikparvar amaliyotini bajarishgan edi. Tojikiston va bloklarga qoʻshilmagan Oʻzbekiston hududida oʻtkazilayotgan "Kobalt-2021" va "Hamkorlik-2021" yangi oʻquv mashgʻulotlari esa mintaqa davlatlari qurolli kuchlarining jangovar moslashuvchanligining oʻsib borayotganidan, umumiy kuchlar yanada mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Rossiya hukumati 15 noyabr kuni Rossiya va Tojikiston oʻrtasida havo hududidagi davlat chegaralarini mustahkamlovchi qoʻshma havo hujumidan mudofaa tizimini tashkil qilish boʻyicha kelishuvni tasdiqladi. Bu 26 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa tizimiga qoʻshimcha kuch boʻladi. Rossiya va Tojikiston umumiy davlat chegaralariga ega boʻlmagani sababli Tojikiston hududida maxsus kollektiv xavfsizlik hududi tashkil etilgan. Havo mudofaasi kuchlarining birgalikdagi harakatlari Rossiya Aerokosmik kuchlari bosh qoʻmondoni tomonidan boshqariladi.
Rossiya Federatsiyasining Tojikistondagi 201-harbiy bazasining motor-oʻqchi va tank boʻlinmalari 2021 yilda 250 dan ortiq jangovar oʻt ochish mashqlarini bajarishdi. Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlariga tutash joylashtgan harbiy bazasi artilleriyachilari yil davomida jangovar tayyorgarlikni 20 % oshirdilar, poligonlarda 10 mingdan ortiq oʻq-dorilarni sarfladi.
Rossiya 2021 yilda Qozogʻiston va Oʻzbekistonga Su-30SM qiruvchi samolyotlari, Mi-35M vertolyotlari, Buk-M2E zenit-raketa komplekslari, BTR-82A zirhli transportyorlari, Orlan-10E koʻp funktsiyali uchuvchisiz tizimlar, "Tayfun-K" yengil zirhli mashinalari va kichik avtomobillarni yetkazib berdi. Bu Moskvaning Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik tizimiga qoʻshgan muhim hissasidir.

Afgʻon yilnomasi

AQSH va NATO qoʻshinlari Afgʻonistondan qochib ketganidan keyin ham mamlakatda terrorchilik tahdidlari darajasi kamaygani yoʻq. Hokimiyatni qoʻlga olgan Tolibon*ning oʻzi raqib guruhlar nishoniga aylangan. "Jihod"ning qoʻshni davlatlarga oʻtish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda.
Kobulda, Kote-Sangi hududida 15 noyabr kuni portlash sodir boʻldi. Bu ikki kun ichida ikkinchi terakt boʻldi. Unda bir necha kishi halok boʻldi va yaralandi. Hujum uchun javobgarlikni Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan “Islom davlati” terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga oldi. Avvalroq jihodchilar sharqiy Nangarhor viloyatidagi masjidlarda portlashlar uyushtirgan edi. Tolibon* hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng, Afgʻonistonda 150 dan ortiq ommaviy axborot vositalari oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Shu sabablia barcha teraktlar jamoatchilikka maʼlum emas.
Tolibonning Panjshirdagi Milliy qarshilik fronti jangchilari bilan toʻqnashuvlari davom etmoqda - kichik Ahmad Masud Panjshir darasining 60 foizini oʻz nazorati ostiga olgan va shimolida oʻz taʼsirini kengaytirib bormoqda. U hatto Vashingtonda ofis ochdi.
Turli muzokaralar platformalarida Rossiya, AQSH, Xitoy va Pokiston Tolibonni barcha xalqaro terrorchi guruhlar bilan qoʻshilishini toʻxtatishga chaqirmoqda. Bu yerda hamma narsa juda murakkab, Afgʻonistonda ularning yigirmaga yaqini bor. Yaqinda Tolibon tomonidan tashkil etilgan harbiy tribunal respublika mudofaa, razvedka va ichki ishlar vazirliklarining sobiq xodimlarini jazolashni maqsad qilgan. Kobulda inklyuziv hukumat tashkil qilish va afgʻon ayollarigauchun teng huquqlar berish - deyarli erishib boʻlmaydigan gʻoyalardek koʻrinadi.
Ustiga ustak Tolibon* orasida ham ichki kurash va raqobat sezilmoqda. Yangi hukumatning bosh vazir oʻrinbosari Mulla Baradar va mudofaa vaziri mulla Yoqub va "radikallar" yetakchisi, ichki ishlar vaziri Sirojuddin Haqqoniy oʻrtasida jiddiy qarama-qarshilik kuzatilmoqda. Buning oqibatlarini oldindan aytish qiyin, ammo tarixda harbiy inqiloblar yetakchilar orasidagi kurash bilan tugagan misollar juda koʻp. Kobul Tolibon* tomonidan bosib olinganining birinchi haftalardadok Barodar va Haqqoniy tarafdorlari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar sodir boʻlgan edi. Bunday vaziyatda tinch Afgʻonistondan umid qilayotgan qoʻshni davlatlarning iqtisodiy loyihalari va insonparvarlik yordami ham hech narsani hal qila olmaydi.
*terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida boʻlgan Tolibon aʼzolari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala