Dunyoda

Rossiya fuqarosi Qozogʻistonda 20 yildan beri qullikda boʻlgani aytilmoqda - video

© AP Photo / Vladimir TretyakovPolitsiya Kazaxstana
Politsiya Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Qozogʻistonda Rossiya fuqarosining noqonuniy ushlab turilishi holati yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Qozogʻistonda Rossiya fuqarosining noqonuniy ushlab turilishi holati yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar qildi RIA Novosti agentligiga Qaragʻanda viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Bunga ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan video sabab boʻldi. Unda erkak oʻzini Yaroslavl viloyati Gavrilov-Yamskiy tumanidagi Gore-Gryaz qishlogʻida tugʻilgan Aleksey Aleksandrovich Kotov deb tanishtiradi. U 20 yildan beri Qaragʻanda viloyatida asirlikda boʻlganini aytadi va ota-onasidan “Qozogʻistondan chiqib ketishiga” yordam berishlarini soʻraydi. Politsiya videoni RIA Novostiga taqdim etdi.
"Shet tumanida politsiya tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbir davomida 44 yoshli erkak - Rossiya Federatsiyasi fuqarosi aniqlandi. U 44 yoshli mahalliy fuqaro tomonidan yigirma yil davomida noqonuniy ekspluatatsiya qilingan va mehnatga majbur qilingan", - deb tushuntirishdi matbuot xizmatida.
Gumonlanuvchi qoʻlga olindi, hozirda u bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rossiya elchixonasi barcha holatlarni tekshirish maqsadida sohaviy boʻlinmalari xodimlarini Qaragʻanda viloyatiga yubordi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala