Rossiya O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim loyihasini boshladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishNachalnaya shkola
Nachalnaya shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
"Malish" qo‘shma gumanitar loyihasi maktabgacha ta’lim sifatini oshirish sohasida yangi ilmiy izlanishlarga turtki beradi.
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Rossiya Fan va ta’lim vazirligi O‘zbekistonda rus tilida maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan "Malish" loyihasini ishga tushirmoqda.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi ta’lim vaziri Sergey Kravsov ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumining ochilishida aytib o‘tdi.
"Malish" qo‘shma gumanitar loyihasini boshlashga doir rasmiy hujjat O‘zbekiston va Rossiya vakillari orasida bir kun oldin imzolangan. Kravsov aytishiga ko‘ra, mazkur qo‘shma loyiha maktabgacha ta’lim sifatini oshirish sohasida yangi ilmiy izlanishlarga turtki beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil dekabr oyida Rossiya ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Glushko va O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Toshkentda "Bola" loyihasini tayyorlash bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi. Uning doirasida, xususan, rossiyalik maktabgacha ta’lim o‘qituvchilari mahalliy hamkasblari bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0