Migratsiya

Sobyanin Moskvadagi migrantlar sonini qisqartirishni topshirdi: bu kimlarga taalluqli

© Pexels / JKYStroyka, illyustrativnoye foto
Stroyka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Moskva meri shahardagi yaqin mintaqalardan boʻlgan rossiyaliklarni koʻproq jalb qilish kerakligini aytdi.
TOSHKENT, 17 noya – Sputnik. Moskvadagi rennovatsiya dasturi boʻyicha uy qurilishlarida migrantlar soni kamaytirilishi kerak. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin Baumanskaya koʻchasida qurilgan uylarni koʻzdan kechirayotib maʼlum qildi.
“Yaqin mintaqalardan boʻlgan rossiyaliklarni koʻproq jalb qiling, ish haqini oshiring, ish sharoitlarini yarating”, - dedi Sobyanin “Krost” pudratchi firmasi bosh direktori Aleksey Dobashinga murojaat qilib.
Shahar meri mehnat unumdorligi, qurilishni mexanizatsiyalashtirish va sanoatlashtirishni oshirish zarurligini taʼkidladi.
Dobashin oʻz navbatida soʻnggi yilda kompaniya obʼyektlarida ishlayotgan xorijlik quruvchilar soni 15 foizga qisqarganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, yuqori malakali quruvchilar 120-150 ming rubl atrofida olishadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskva merining shaharsozlik siyosati va qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Andrey Bochkaryov Moskva hukumati qurilishlardagi migrantlardan toʻliq voz kechmoqchi ekanini maʼlum qilgan edi.
Rabochiye na stroitelstve moskovskoy razvyazki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Migratsiya
Moskva qurilishlardagi migrantlardan voz kecha oladimi – ekspert fikri
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala