Jamiyat

Toshkentda kuchli qor: bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozi kechiktirildi

Boeing 767- 3 CBER - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Uzbekistan Airways qor sabab bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozini kechiktirdi.
TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Qor sabab bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozi kechiktirildi.
Ochistka dorog ot snega na perevale Kamchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Jamiyat
Qamchiq dovoni qordan qanday tozalanmoqda - video
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ob-havo noqulayligi sabab bir qator xalqaro reyslar parvozini kechiktirdi, deb xabar qildi “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram kanali.
Ular orasida: HY-271 Toshkent—Istanbul, HY-717 Toshkent—Dushanbe, HY-333 Toshkent—Dubay, HY-761 Toshkent—Olmaota reyslari mavjud.
Shuningdek, mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha reyslar ham qoldirilgan: HY-051 Toshkent—Urganch; HY-011 Toshkent—Nukus.
Bortlar muzlashga qarshi majburiy qayta ishlov — parvozdan oldin yerda havo kemasi yuzasidagi muzlarni yoʻqotish va ularning parvozga qadar kritik yuzalarda paydo boʻlishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan qayta ishlovni kutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala