Kolumnistlar

“Yurak va miyasiz”: Lukashenko dunyoga Polshaning qora tomonini koʻrsatdi

© REUTERS / BelTASotrudnik pravooxranitelnыx organov Polshi primenyayet slezotochivыy gaz pri popыtke migrantov peresech belorussko-polskuyu granitsu
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov Polshi primenyayet slezotochivыy gaz pri popыtke migrantov peresech belorussko-polskuyu granitsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
“Sovuq havoda vodomyotlardan foydalanish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xatti-harakat”, - deya qatʼiyan maʼlum qildi inson huquqlari boʻyicha Yevropa kengashi komissari Nil Muyjniyeks.
Toʻgʻri, bu 2014 yil fevralida u Kiyev Maydaniga tashrif buyurib, oʻsha paytdagi ukrain hukumati tomonidan “haddan ziyod kuch qoʻllashni” qoralangan paytda aytilgandi.
Chamasi, biz endi Yevropa kengashidan ham, hozir mashhur Amnesty Internationalhuquqni himoya qiluvchi tashkilotning Yevropa ofisi direktori boʻlgan sobiq komissar Muyjniyeksdan ham shunday qatʼiy munosabatni kutishimiz lozim. Mazkur tashkilot ham jazirama ob-havoda kuch ishlatar xodimlar tomonidan suvli toʻplar qoʻllanilganini gʻazab bilan qoralangandi. Misol uchun, Gonkongda Xitoy huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan noqonuniy namoyishlarini tarqatib yuborish paytida. Oʻshanda Amnesty vodomyotlarning norozilik namoyishchilari sogʻligʻi uchun xavfli ekanini bildirgandi.
Obstanovka nakalyayetsya: bejentsы pokinuli lager i napravilis k pogranperexodu Bruzgi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Video
Vaziyat jiddiy tus olmoqda: migrantlar Polshadan nimani talab qilishmoqda
Seshanba kuni esa Polsha-Belarus chegarasida bir darajaga yaqinlashayotgan havoda Polsha harbiylari migrantlarga qarshi bir necha marta vodomyotlardan foydalandi. Biroq na Yevropa kengashi, na Amnesty International Kiyev yoki hukumati Gonkong hukumati xatti-harakatlariga zudlik bilan munosabat bildirganday ish tutmasdan hozircha jim. BMT esa ularda Polsha chegarasida vodomyot qoʻllanilganini tasdiqlovchi faktlarga ega emasligini bildirdi. Bularning bari polyaklar tomonidan vodomyot, hatto yorugʻlik va shovqin tarqatuvchi granatalar qoʻllangani aks etgan lavhalarga qaramasdan aytilgan. Oʻsha kuni bu dunyoning yetakchi telekanallari yangiliklarida aylantirildi.
Toʻgʻri, bu lavhalar baʼzan noxolis talqin qilindi. Misol uchun, oʻzi Polshaning vodomyoti va allaqanday zaharli moddalardan foydalanib uyushtirgan hujumiga uchragan CNN muxbiri Metyu Chens oʻz lavhasida Yaqin Sharqdan boʻlgan migrantlar Polsha chegarachilariga nafaqat tosh, balki bomba ham uloqtirishganini aytishni uddaladi. Agar gap bombalar haqida borayotgan ekan, vodomyotlar jalb qilingani unchalik haddan ziyod chora boʻlib koʻrinmaydi, shunday emasmi? Chens boshqa hech kim migrantlar qoʻlida bomba koʻrmani CNN tomoshabinlarini ikkilantirmasligi kerak.
VVSning Moskvadagi muxbiri Stiv Rozenberg esa migrantlarda na granata, na bomba, na oʻq-dori borligini koʻrdi. Biroq u polyaklar tomonidan tushkunlikka tushgan qochoqlarga qarshi maxsus vositalar qoʻllanishini izohlay turib, bu harakatlarning oddiy tushuntirishini topdi: Minsk aybdor. Polyaklar muzlab qolgan migrantlarni haydab solayotgan muz suvi oqimi fonida turib, Rozenberg tomoshabinlarga u yerda nimalar roʻy berayotganini oddiy qilib tushuntirdi: “Bu Aleksandr Lukashenko dunyoga koʻrsatmoqchi boʻlgan manzara. Belorussiya Yevropani loqayd va qattiqqoʻl, hatto shavqatsiz qilib koʻrsatmoqchi”.
Migrantы prorыvayutsya skvoz zakrajdeniye na granitse Gretsii i Makedonii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Kolumnistlar
Yevropa chegaralariga “migrantlar hujumi”ning asl sababi
Adolat haqqi uchun shuni aytish kerakki, hatto Polsha unchalik keng koʻlamli boʻlmagan inqiroz sharoitida – har holda Yevropadagi boshqa inqirozlar fonida – oʻz harbiylarining noadekvat xatti-harakatlarini qoralayotgan sogʻlom fikrlovchilar bor. Masalan, chegarachilar tikanli simdan yigʻlayotgan bolalarni onalari bilan uloqtirib tashlayotgani aks etgan lavhalar taniqli Polsha aktrisasi va qoʻshiqchisi Barbaru Kurdey-Shatanni dargʻazab qildi. U orqa-oldiga qaramay oʻz vatandoshlari xatti-harakatlarnini shunday taʼrifladi: “Bu yuraksiz, miyasiz, hech nimasi boʻlmagan mashinalar. Koʻr-koʻrona buyruqlarni bajaradigan mashinalar... Qotillar!”
Shundan soʻng eng mashhur Polsha aktrisalaridan biri taʼqib qilindi. Prokuratura va Antipolonizm monitoring markazi uning ortidan tushdi. Adliya vaziri Zbignev Zebro esa janjalga munosabat bildirib, mamlakat Jinoyat kodeksiga tuzatish kiritishni tayyorlashini maʼlum qildi. U bilan “josuslik va Polsha davlati yoki mamlakat imidjiga qarshi xatti-harakatlar uchun” javobgarlik kuchaytiriladi.
Vazir harbiylarning bolalarga qarshi vahshiyona harakatlaridan aktrisaning jahli chiqishi xatti-harakatlardan koʻra koʻproq mamlakat imidjini buzadi deb hisoblaydi. Muzlagan odamlarga qarshi suv toʻplari boshqa narsalar mamlakat imidjini yomonroq buzishi dargumon. Shu bilan birga aktrisaga yogʻdirilgan tahdidlar oʻz samarasini berdi – u oʻzining chegarachilar haqidagi soʻzlari uchun uzr soʻrashiga toʻgʻri keldi.
Kurdey-Shatan yozdi: “Men ikki bolaning onasiman. Azoblarga, ayniqsa, bolalarning azoblanishiga qarab turolmayman. Men bunday dunyoni qabul qila olmayman va hech qachon qabul qilmayman. Tuygʻularimz bundan videoni koʻrganda oʻzgarmaydi... Lekin men yarashmaydigan soʻz va haqoratlar uchun uzr soʻrayman”. Ammo aktrisaning uzrlari taʼqibni toʻxtatishi dargumon.
Koʻrib turibsizki, Polshada oʻz hukumatini migrantlarga nisbatan shafqatsiz harakatlari uchun tanqid qilish ogʻir. Aytgancha, bu soʻz va “qochoqlar” soʻzidan Polsha hukumati OAV ishlatmaslikni maʼqul koʻrmoqda. Chegaradagi voqealarni taʼriflashda ularning bari ahil boʻlib “chet elliklar” degan soʻzni ishlatishmoqda. Oʻz fuqarolarini ongini armiya, tank va vodomyotlar ishga solinganlarga qarshi aldash osonroqda.
Video Sputnik. Lager migrantov na belorussko-polskoy granitse nochyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Video
Belarus-Polsha chegarasida migrantlar oʻrmonda tunamoqda - video
Aynan shuning uchun Polsha OAVda chegarada yuzaga kelgan muammolarning haqiqiy sabablarini tahlil qiluvchi materiallar deyarli yoʻq. Nemis siyosatchilari Polsha orqali Yevropaga odamlar kirishga urinishayotganini aytishni ep koʻrishlari mumkin. Brandenburg zamini ichki ishlar vaziri Mikael Shtyubgen aytdiki: “Bu gibrid urush”. Lekin qochoqlar – bu odamlar. <…> Biz oʻzimizning insonparvarlik vazifalarimizni bajarishimiz kerak”.
Qochoqlarni odamlar safidan chiqarish uchun Gʻarb OAVlari hammasida Belarus, albatta, Rossiyani ayblashga urinishmoqda, lekin koʻp boʻlmagan kishi savol beradiki, koʻz oʻngimizda roʻy berayotgan fojianing asl sababi nimada, minglab kishilar oʻz makonlarini tashlab, ular uchun mutlaqo begona boʻlgan mamlakatga borishga urinishlarida kim aybdor. Shunga oʻxshash ayrim misollardan biri Niderlandiyaning NRC gazetasi boʻldi. Nashr hozir koʻplab Minskka uchib ketish fikri-xayoli bilan band boʻlgan Iroq Kurdistonidan bevosita reportajni joyladi.
Qochoqlarni uylariga qaytishga choralayotgan Yevropadagi, ayniqsa, Polshadagi kishilarning bu reportaj bilan tanishib chiqishlari shart. Ular ularning koʻpining qaytadigan yeri yoʻqligini bilib olishadi. NRC oʻzi, xotini, onasi va bolalariga chipta olish uchun oʻz uyini sotgan 37 yoshli kurd bilan suhbatlashdi, lekin uning bunga baribir puli yetmayapti. Eʼtibor bering, uni bu umidsizlikka Lukashenko, Putin itarmagan, balki amerikaliklar tomonidan “ozod qilingan” Iroq va boz ustiga ular foydalangan sodiq kurdlar chorasizlikka tushib qolishgan. Bu CNN reportajlari, Polsha OAVlarida topishingiz amri mahol.
Vladimir Putin yaqinda bergan interyusida inqiroz uchun kim javobgar ekanini eslatgani tasodif emas: “Bu Gʻarb mamlakatlarining oʻzi, Yevropa mamlakatlari tomonidan yaratilgan sabablar. Ular ham siyosiy, ham harbiy, ham iqtisoliy xususiyatga ega. Harbiy, chunki hamma qatnashgandi, aytaylik, Iroqdagi amaliyotlarda, hozir esa u yerda Iroqdan boʻlgan juda koʻp kurdlar bor; Afgʻonistonda ham 20 yil jang qilishdi, hozir yerda ham afgʻonlar borgan sari koʻpaymoqda”. Afgʻonistonda vaziyat yomonlashishi bilan u yerdan qochoqlar oqimi ulkan xususiyatga ega boʻlishiga shubha qilmasa ham boʻladi.
Polyaklar allaqachon afgʻonlar ularga Oʻrta Osiyodan uchib kelishayotganini aytishmoqda. Bu toʻdalarni ushlab qolishga Yevropaning vodomyotlari yetadimi yoki u yerda kimdir muammolarga qarshi joyida kurashish kerakligini anglab yetadimi?
Bejentsы na belorussko-polskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Dunyoda
Migrantlar inqirozi: Belarus-Polsha chegarasida nimalar roʻy bermoqda
Har holda Rossiya Yevropani tushkunlikka tushgan odamlarga qarshi berahmlikdan bosh kechib, ikkinchi yoʻldan borishga chaqirmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov polyaklarning xulq-atvorini nomaqbul deb atadi va taʼkidladiki: “Hisoblaymanki, koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ham, vodomyotlar ham, migrantlar boshi uzra Belarus davlati tomon uchayotgan oʻqlar ham – bu hammasi oʻz harakatlarini berkitishga boʻlgan urinishni aks ettiradi. Ular xalqaro gumanitar huquq va dunyo hamjamiyatining boshqa kelishuvlarining barcha normalarini buzishayotganlarini tushuna olishmaydi. <…> Bu holatda Polsha oʻzboshimchalik qilyapti. Bryusseldagi rahbariyat shunaqanchi oshkora, “ochiq-oydin” ikki tomonlama yoʻl tutyaptiki, bu bilan oʻzini noqulay vaziyatga qoʻymoqda.
Aynan shuning uchun baʼzan yevropalik komissarlarga hamda koʻp sonli huquq himoyachilariga oʻzlarining sovuqda vodomyotlarni qoʻllash joiz emasligi haqidagi gaplarini eslatib qoʻyish foydadan xoli emas. Qarabsanki, Yanukovichning “totalitar” va Varshavadagi “demokratik” vodomyotlar oʻrtasidagi farqni tushuntirib berishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala