Kolumnistlar

Bejirim va qudratli: Rossiya qiruvchisi Dubaydagi ekspertlarni lol qoldirdi

© Sputnik / Alexey Maishev  / Fotobankka oʻtishPrezentatsiya novogo voyennogo samoleta Checkmate
Prezentatsiya novogo voyennogo samoleta Checkmate  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Beshinchi avlod Su-75 (Checkmate) eng yangi qiruvchi BAAdagi DubaiAirshow 2021 xalqaro koʻrgazmasining yulduzi boʻldi.
Xorijlik mutaxassislarni parvoz tezligi va uzoqqa ucha olishi, past radiolokatsiya koʻruvchanlik, uchuvchisiz boshqarish imkoniyatlari va Rossiya samolyotining Amerikaning F-35 ga qaraganda raqobatbardosh narxi hayratga soldi.
Yakuniy maqsadi osmonda va dunyo bozorida ustunlikni egallash, Amerikaning F-35sini siqib chiqarish boʻlgan Su-75 yengil qiruvchining DubaiAirshow 2021 aviasaloni ilk xorijiy namoyishi boʻldi. Buning uchun Checkmate mahsulotining Komsomolsk-na-Amur aviazavodida yuqori jangovar sifatli va texnik xususiyatlari mavjud.
Ishlab chiqaruvchilar maʼlumotlariga koʻra, Checkmate 2460 km/soatga tezlikni oshirishga, 7400 kg jangovar yukni tashishga, bir vaqtning oʻzida oltitachaga havo, dengiz va yerdagi nishonlarga hujum qilishga qodir. Bundan tashqari, zarbali dronlar va beshinchi avlod xorijiy samolyotlariga hujum qiloladi. Yoqilgʻi quymasdan 3000 km gacha boʻlgan masofani bosib oʻtishga qodir.
Fregat Admiral Gorshkov provel uspeshnыy pusk raketы Tsirkon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Kolumnistlar
Rossiyaning “Tsirkon” gipertovushli raketasi nimalarga qodir
Beshinchi avlod Su-75 (Checkmate) Rossiya platformasi ochiq arxitekturaga ega va taxminan 20-30 mln dollarga baholanmoqda, yaʼni F-35 ga qaraganda arzonroq. Ehtimoliy xaridorlar uchun ahamiyatli argument. Boz ustiga Rossiya HKK Rossiyaning yengil qiruvchisini 2024 yilda qurollanishga olishni rejalashtirmoqda. Eslataman, Lockheed Martin kompaniyasi Amerikaning F-35 foydalanishning koʻp yillari davomida koʻp seriyali ishlab chiqarish uchun Pentagonning roziligini ololmadi, yaʼni rasman AQSH HQK qurollanishiga qabul qilinmagan.
“Suxoy” birlashgan aviasozlik korporatsiyasi bosh direktori Yuriy Slyusar avvalroq Komsomolske-na-Amurda yangi bir dvigatelli Su-75 qiruvchisining bir necha namunalarini ishlab chiqarish boshlanganini maʼlum qilgandi. Yetkazib berish hajmi yaqin 15 yilda taxminan 300 mashinaga baholanmoqda. Samolyot Afrika, Hindiston va Vyetnam mamlakatlariga eksportga moʻljallangan. Ustiga ustak “aniq buyurtmachi” maʼlum boʻlib boʻlgan.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, Checkmate yangi koʻrinmas samolyoti maqbul ekspluatatsion xarajatlarga ega boʻladi va yigirmaga yaqin mamlakatlarda Rossiyaning toʻrtincha avlod MiG-29 qiruvchisini munosib oʻrnini oladi.
Optimizm toʻliq oʻzini oqlagan, Rosoboroneksport Dubayda turli uchar qurilmalarni yetkazib berig uchun 2,5 mlrd dollarga soʻrovlar olib boʻldi-ku. Bugungi buyurtmalar toʻplami – 180 dona vertolyot texnikasi – 4 milliard dollarga baholanmoqda.
Istrebitel-bombardirovщik pyatogo pokoleniya F-35 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Kolumnistlar
AQShning "milliy fojiasi": F-35 eng sifatsiz samolyotlaridan biri deb topildi

Bejirim va qudrat uygʻunligi

DubaiAirshow 2021 aviasolonida Rossiya beshinchi avlod Checkmate yangi yengil qiruvchisi yetkazib berishni Yaqin va Uzoq Sharq, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan muhokama qilmoqda. Rossiya birlashgan aviasozlik korporatsiyasi bosh direktori Yuriy Slyusar samolyot avvaliga BAA uchun ishlab chiqarilganini bildirdi. Qoʻshma Shtatlarning asabiy munosabati maʼlum, ammo Su-75 ehtimoliy buyurtmachilar uchun oʻta jozibali. Shunday ekan amerikaliklarning xalaqit berish qoʻlidan kelmaydi.
Checkmate qurol-yarogʻlariga oʻrta va qisqa masofaga uchadigan raketalar “havo - havo” va “havo – sath”, boshqariladigan va boshqarilmaydigan bombalarning keng spektri, boshqa koʻplab narsalar kiradi. Qiruvchi vazifalarni maxfiy bajarishda beshtagacha uzoqqa uchadigan raketalarni ichki boʻlmalarida tashishga qodir. Su-75 radiolokatsion stantsiya borti faol fazalangan antennali panjara bilan jihozlangan. Bu unga oltigachaga havo nishoniga hujum qilishga va 30 tagachasini taʼqib qilishga imkon beradi.
Uchuvchisiz uchish modifikatsiyasi – bu moda emas, balki qatʼiy zaruriyat, taktik usullar spektrini kengaytirish, Su-75ni tarmoqli harbiy amaliyatlarda qoʻllash shartlari. Qiruvchi axborot almashish, moʻljalga boshqa aviatsiya majmualarini yoʻnaltirish va zarbali uchuvchisiz uchar qurilmalarini oʻrganmoqda. Shu bilan birga Checkmate “aql bovar qilmas raqobatbardosh narxli”. Taqqoslash uchun, 30 million dollarga Amerika F-16 qiruvchisining taxminan yarmini sotib olish mumkin. Su-75ni arzonlashtirishga Su-35 va su-57 qiruvchilari bilan bir xillashtirish bilan erishiladi.

AQSH uchun “jiddiy zarba”

Uchish xususiyatlarining nodir uygʻunligi, jangovar qodirligi va hamyonbop narxi Rossiyaning Su-75 bir motorli qiruvchisiga xalqaro qurollanish bozorini muvaffaqiyatli egallashiga yoʻl ochadi – 2026 yil yirik seriyalar ishlab chiqarilishi boshlanishi bilan. Yevropada Checkmate allaqachon AQSH uchun “jiddiy” zarba deb tan olindi va Su-75 tufayli Vashington “bosh ogʻrigʻiga” duch kelishi bashorat qilindi. AQSH HHK uchun havodagi ustunlik “gʻoyat ogʻirroq vazifa” boʻlmoqda, uni yaqin 40 yilda “qayta koʻrib chiqishga” toʻgʻri keladi.
Amerikaning ixtisoslashgan nashri MilitaryWatchMagazine Rossiyaning yangi Su-75 qiruvchisini “sanʼat asari” deb atamoqda va hech mubolagʻasiz. Rossiyaning ishonchli va qudratli aviatexnikasi anʼanaviy ravishda dunyoda ulkan talabga ega. Rossiya yuqori texnologiyali qurollarni shunchalik eksport qilmaydi – u ishlab chiqarish sirlari, texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va – suverenitet maʼlumotlari bilan boʻlishadi.
Prezentatsiya novogo istrebitelya Suxogo na MAKS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Video
Rossiyaning yangi yengil qiruvchisi hammani hayratda qoldirdi
Harbiy-texnik hamkorlik liniyasi orqali buyurtma qilingan Rossiya mahsulotlari hajmi bugun 53 milliard dollarga yetadi. Yaqin yetti yilda Rossiya xalqaro bozorga 50 tagacha yangi qurollar namunalarini olib chiqishni rejalashtirmoqda, ular orasida 20 tadan ziyod aviatexnika va 10 ta havo hujumiga qarshi majmualar bor. Moskva uchuvchisiz uchar dunyo bozorining 10 foizini egallashni moʻljallamoqda. Buning ortidan Su-57 yoʻqolib qolmaydi, aksincha Rossiya mudofaa sanoati majmuasining tashrif qogʻozi boʻladi, munosib ravishda Rossiya Federatsiyasi ittifoqchilari va hamkorlarining mudofaa qobiliyatiga, tinchlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala