Jamiyat

Dmitriy Kiselyov Oʻzbekistonda soʻz erkinligi haqida gapirdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishGeneralnыy direktor MIA "Rossiya segodnya" Dmitriy Kiselev
Generalnыy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
“Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselev II Rossiya-Oʻzbekiston media forumida nutq soʻzladi.
TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselyov II Rossiya-Oʻzbekiston media forumida nutq soʻzladi.
Kiselyov Rossiyada soʻz erkinligiga 30 yil toʻlganini, Oʻzbkistonda esa 5 yil toʻlganini qayd etdi. Rossiya oʻtgan 30 yil ichida soʻz erkinligining turli bosqichlarini boshidan oʻtkazganini, jumladan soʻz erkinligini Rossiyaning oʻziga qarshi ishlatish holatlari ham boʻlganini aytib oʻtdi. Bu borada Kiselyov Oʻzbekistonlik hamkasabalar bilan orttirilgan tajribalar bilan boʻlishishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston soʻz erkinligining toʻlqinli ummoniga dadillik bilan kirib kelgani meni hayratga soldi. Biz bu yoʻlda juda koʻp gʻurra orttirdik va oʻz tajribamiz bilan bajonidil baham koʻrishga tayyormiz

Generalnыy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev - Sputnik Oʻzbekiston
Dmitriy Kiselyov
“Rossiya segodnya” XAA bosh direktori
Kiselevning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston birgalikda konservativ qadriyatlarni himoya qilmoqda.
"Rossiya va Oʻzbekiston uchun umumiy ish - bu anʼanaviy qadriyatlarni himoya qilishdir. Begona narsalar - biz uchun sunʼiy va qabul qilib boʻlmaydigan. Bizga oʻzaro rostgoʻylik, haqiqat, ishonch va ruhiy qadriyatlarni tiklash kerak", - deb xulosa qildi Kiselyov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala