Jamiyat

Eski haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati uzaytirildi

© Sputnik / Vadim ShekunVoditelskoye udostovereniye Uzbekistana
Voditelskoye udostovereniye Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Eski haylovchilik guvohnomalarini 2022 yilning 31 dekabrigacha almashtirilmasa - u haqiqiy emas deb hisoblanadi.
TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana bir yilga uzaytirildi, bu haqida 17 noyabr kuni qabul qilingan hukumat qarorida aytib oʻtilgan.
Yangi joriy etilgan tartibga koʻra, eski shakldagi haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga almashtirilishi shart:
2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil sentyabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi, - deyilgan qaror matnida.
Eslatib oʻtamiz, 690-sonli hukumat qarorining oldingi tahririda barcha eski turdagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yilning 31 dekabrgacha almashtirish majburiy etib belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala