Jamiyat

Oʻzbekiston ayrim mamlakat fuqarolarining Belarusga aviatranzitini taqiqladi

Znak Stop - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Oʻzbekiston Yaqin Sharqning ayrim davlatlari va Afgʻoniston fuqarolarining Belarusga aviatranzitini vaqtincha cheklaydi.
TOSHKENT, 18 noya – Sputnik. Oʻzbekiston oltita mamlakat fuqarolarining Belarusga aviatranzitini vaqtincha cheklaydi. Bu haqda RIA Novosti “Oʻzaviatsiya” agentligidagi manbasiga tayangan holda yozmoqda.
“17 noyabrdan boshlab Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afgʻoniston fuqarolari Oʻzbekiston orqali Belarusga tranzitni amalga oshirishi vaqtincha cheklanadi”, - deyilgan xabarda.
Aviakompaniyalar Oʻzbekiston orqali amalga oshiriladigan tranzit reyslarda ushbu cheklovni eʼtiborga olgan holda chipta sotishni tashkil etishi lozim.
Cheklov diplomatik pasport vakillari va Belarusda yashash huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga taalluqli emas.
Obstanovka nakalyayetsya: bejentsы pokinuli lager i napravilis k pogranperexodu Bruzgi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Video
Vaziyat jiddiy tus olmoqda: migrantlar Polshadan nimani talab qilishmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala