Shavkat Mirziyeyev pribыl s ofitsialnыm vizitom v Rossiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Shavkat Mirziyovning Rossiyaga tashrifi 2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 2021 yil 19 noyabrda boʻlib oʻtayotgan tashrifi uzoq vaqtdan beri kutilayotgan edi. Oliy darajadagi tashrif arafasida Rossiya va Oʻzbekiston rasmiy doiralari ishtirokida hududlararo hamkorlik forumi, taʼlim va media forumlari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston va Rossiya iqtisodiyoti oʻzaro qanday bogʻliq: eng muhimi

Rossiya i Uzbekistan rasshiryayut sotrudnichestvo v kulturno-gumanitarnoy sfere
Rossiya i Uzbekistan rasshiryayut sotrudnichestvo v kulturno-gumanitarnoy sfere - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keladi. Sputnik Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar darajasini baholadi.
Oʻzbekiston va Rossiya pandemiya davom etayotganiga qaramay hamkorlik surʼatlarini oshirmoqda. Bu haqda 17 noyabr kuni Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi II hududlararo hamkorlik forumi chogʻida respublika rahbari Shavkat Mirziyoyev aytdi.

Faol hamkorlik tufayli hatto pandemiya sharoitida ham oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga erishdik, bu yilda koʻrsatkich 6 mlrd $dan oshadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
Oʻzbekiston rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi 19 noyabrga moʻljallangan.

Investitsiyalar

Rossiya - Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biri hisoblanadi. Mirziyoyev taʼkidlaganidek, Rossiyaning respublika iqtisodiyotiga toʻplangan sarmoyalari hajmi 10 mlrd $dan oshadi.
Ayni paytda davlatlar 150 dan ortiq qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqda, ularning umumiy qiymati qariyb 14 mlrd $ni tashkil etadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni soʻnggi toʻrt yil ichida 2,5 baravar koʻpaydi va 2 mingdan oshdi. Xususan, aprel oyida oʻtkazilgan “Innoprom: Oʻzbekistonda yirik sanoat haftaligi” koʻrgazmasida, Rossiyaning 13ta hududi ishtirok etdi, qariyb 130 mln $ 21ta bitim imzolanganligini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Joriy yil 1 noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda (2 335 ta kompaniya). Rossiya investitsiyalari respublika iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari: togʻ-metallurgiya, neft va gaz, energetika, qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilgan. “Lukoyl” OAJ Oʻzbekistonda gazni qidirish va qazib olishga qariyb 8 mlrd $ investitsiya kiritdi.
"Gazprom" OAJ mamlakat hududida uglevodorodlarni qidirish va qazib olishga sarmoya kiritmoqda: 2006 yildan 2013 yilgacha kompaniya Ustyurt hududidagi qidiruv ishlariga qariyb 383 mln $ sarmoya kiritdi.
Bundan tashqari, Gazprombank Oʻzbekistonda uglevodorodlarni qazib olish loyihasini moliyalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 2017-2021 yillarga moʻljallangan 3,9 mlrd $ni tashkil etdi. Rossiya eksport markazi (RETS OJ) bilan Gazprombank 3 mlrd $ investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzoladi. Ular neft-kimyo, konchilik va metallurgiya sanoatiga taalluqli.
Rossiyaning “VimpelKom” kompaniyasi Oʻzbekistonga 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Rossiyaning yana bir kompaniyasi - “Silovыe mashinы” OAJ Sirdaryo TES (177 mln $) va Farhod GES (56,5 mln yevro) energiya bloklarini modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etmoqda.
II forum mejregionalnogo sotrudnichestva mejdu Uzbekistanom i Rossiyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Rossiya bir necha milliard dollarlik bitim imzoladi
Oʻzbekiston va Rossiya Jizzax viloyatida AES qurilishiga alohida eʼtibor qaratmoqda. 2018-yil sentyabr oyi boshida ikki davlat hukumatlari oʻrtasida respublikada AESni qurish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolangandi.
"Rosatom" davlat korporatsiyasining rejalarida - VVER-1200 reaktorlari boʻlgan "3+" avloddagi 2ta energoblokdan iborat kompleks qurish koʻzda tutilgan. 2019 yil fevral oyida Shavkat Mirziyoyev 2019-2029-yillarda atom energetikasini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlagandi. Hujjatda Rossiya Federatsiyasi hukumati krediti jalb qilingan holda 2022-yilda AES qurilishi boshlanishi koʻzda tutilgan.

Tashqi savdo

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oʻzaro tovar ayirboshlash ham barqaror oʻsish surʼati bilan ajralib turadi. Avvalroq, joriy yil iyun oyida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 2020 yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oʻsib, qariyb 6 mlrd $ga yetganini taʼkidlagandi.
Shu yil dastlabki besh oyida oʻsish davom etdi va u 15 %dan oshdi - bu taxminan 2,5 mlrd $. Rossiya eksporti qariyb 12 %ga, Oʻzbekistondan import esa 25 %ga oʻsdi.
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin - Sputnik Oʻzbekiston
Mixail Mishustin
Rossiya bosh vaziri
Davstatqoʻmita maʼlumotlariga koʻra, joriy yil yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Rossiyaga jami 1,5 mlrd $ mahsulot eksport qildi. Mamlakat respublikadan asosan toʻqimachilik, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi xomashyosi, kauchuk, metall va ulardan tayyorlangan mahsulotlar xarid qiladi.
© SputnikOʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi - IMPORT
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi - IMPORT - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi - IMPORT
Shu oʻrinda Oʻzbekiston Rossiyadan 3,6 mlrd $ mahsulot sotib oldi, bular mashinalar, asbob-uskunalar, yogʻoch, kimyo mahsulotlari va mineral mahsulotlar.
© SputnikOʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi - EKSPORT
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi - EKSPORT - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi - EKSPORT

Migrantlar

Oʻtgan yili oʻzbekistonlik migrantlar 6 mlrd $dan ortiq pul oʻtkazmalarini joʻnatdi. Yevroosiyo taraqqiyot banki maʼlumotlariga koʻra, migrantlarning respublikaga pul oʻtkazmalari YAIMning qariyb 12 %ni taʼminlaydi. Pandemiyagacha 2018-2019 yillarda bu koʻrsatkich 15 %ni tashkil etgandi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori, iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubetsning taʼkidlashicha, pandemiya davrida pul oʻtkazmalari Oʻzbekiston uchun katta tayanch boʻldi.
Rossiya Markaziy banki Rossiyadan qoʻshni davlatlarga pul oʻtkazmalari boʻyicha statistik maʼlumotlarni eʼlon qildi. 2021 yil birinchi 6 oyida MDH davlatlariga jami 5,44 mlrd $ joʻnatildi. Bu mablagʻning deyarli yarmi 2 mlrd $ ga yaqini Oʻzbekistonga yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala