O‘zbekistonda emlanmaganlar ishdan chetlatilib, ish beruvchilar jarimaga tortilmoqda

© Pexels / Artem PodrezAmpula s vaksinoy, illyustrativnoe foto
Ampula s vaksinoy, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Shu kungacha vaksina olmagan 26 ming xodim ishdan vaqtinchalik chetlatilgan. 2 225 ta holatda ish beruvchiga nisbatan jarima qo‘llanilgan.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekistonda budjet tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarida koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangan, biroq vaksina olishdan bosh tortgan xodimlar ishdan chetlatilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati emlanishga rioya qilinishi yuzasidan 27 923 ta tekshirish o‘tkazgan.
Shundan 7 905 tasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, 20 018 tasi esa budjet tashkilotlarida o‘tkazilgan.
Tekshirishlar davomida jami 50 056 nafar vaksina olmagan shaxslar aniqlangan. Ulardan 11 244 nafari xo‘jalik yurituvchi subyektlar, 38 812 nafari budjet tashkilotlari xodimlari.
Ma’lum qilinishicha, vaksina olmagan 26 008 nafar shaxslar ishdan vaqtinchalik chetlatilgan. 2 225 ta holatda ish beruvchiga nisbatan jarima qo‘llanilgan. 175 ta obyekt faoliyati esa vaqtinchalik to‘xtatilgan.
“Albatta, bu kabi olib borilayotgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad aholi salomatligini himoya qilish, pandemiyani yengishga qaratilmoqda”, - deyilgan Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabarida.
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Toshkent viloyatida emlanmagan qariyb 3,3 ming xodim ishdan chetlatildi
O‘zbekistonda iyul oyida 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangan edi.
2 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonun bilan Mehnat kodeksiga xodim emlanishdan bosh tortgan holda ish beruvchi uni vaqtincha ishdan chetlatishi mumkinligi haqida o‘zgartish kiritilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jami 30,5 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi kerak bo‘lganlarning 74,6 foizi vaksinaning kamida birinchi dozasini olgan.
Yangiliklar lentasi
0