Sherzod Shermatov rasman AKT vaziri etib tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSherzod Shermatov
Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Prezident Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik deputatlari Sherzod Shermatov nomzodini ushbu lavozimga ma’qullashgan edi.
Shermatov (1977 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchisi. U, shuningdek, AQShdagi Yel universitetini tamomlagan (2000).
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Moliya vazirligi Valyuta iqtisod bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.
Shermatov 2014-yildan 2016-yil noyabrigacha Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lgan. 2016-yil noyabridan 2017-yil fevraligacha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2017-2018 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘lib mehnat qilgan. Shuningdek, 2018-yilda innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
U 2018-yilning iyunidan hozirga qadar XTV rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ishdan olingan edi. U 2018-yil avgustidan bu lavozimda faoliyat yuritayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0