Jamiyat

“Tajovuzkorlik kuchayadi”: Energetik ichimliklarning xavfli taʼsiri qanday kechadi

© AP Photo / Elaine ThompsonSlaboalkogolnыe energeticheskiye napitki na polke magazina
Slaboalkogolnыe energeticheskiye napitki na polke magazina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Shifokorlarning ogohlantirishicha, energetik ichimliklar asab tizimini ishdan chiqaradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi.
TOSHKENT, 18 noya – Sputnik. Amerikalik tadqiqotchilar energetik ichimliklar yurakdagi QT intervali (yurakning elektrik sistolasi)ni oʻrtacha 2 soatda 10 millisoniyaga oshiradi, degan xulosaga kelishdi.
“Agar millisoniyalarda oʻlchanadigan ushbu vaqt oraligʻi haddan tashqari uzun yoki kalta boʻlsa, yurak urushida jiddiy oʻzgarishlar yuz beradi. Bu esa hayot uchun xavfli boʻlgan aritmiyaga olib kelishi mumkin”, deb taʼkidladi olimlar.
"Energetik ichimliklar meʼyoridan ortiq isteʼmol qilinganda qonda glyukoza miqdori koʻpayib ketadi, — deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Guli Shayxova. — Shakarning ortiqcha qismi yogʻga aylanadi va insulin organizmda koʻpayib, qandli diabetga olib keladi. Eng yomoni, odam bu ichimlikka beixtiyor bogʻlanib qoladi”.
Shifokorlarning ogohlantirishicha, quvvatbaxsh ichimliklar qisqa muddatda organizmga zararli taʼsir koʻrsata boshlaydi. Lekin tarkibida ortofosfat kislotasi borligi uchun buni sezmaysiz.
Masalan, 45 daqiqadan soʻng dofamin ishlab chiqarilishi ortib, bosh miyada rohatlanish, qoniqish markazini qoʻzgʻatadi. 70-80 daqiqadan keyin aks taʼsir qilish vaqti boshlanib, organizmda holsizlik holatlari yuzaga keladi.
Qolaversa, energetik ichimliklar asab tizimini ishdan chiqaradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi, odamlarda tajovuzkorlik kuchayadi. Bolalarning zehni oʻtmaslashib, darslarni oʻzlashtirishi pasayib ketishi, nogiron, aqli zaif farzandlar tugʻilishi ayni shunday illatlarning ham asorati boʻlishi mumkin.
Energeticheskiye napitki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Jamiyat
SSV energetik ichimliklar sogʻliqqa qanday zarar keltirishini aytdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala