Toshkent viloyatida emlanmagan qariyb 3,3 ming xodim ishdan chetlatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Tekshirish tadbirida 6526 nafar fuqaro vaksina olmagani aniqlangan. 5 ta obyekt faoliyati to‘xtatilgan.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan talablarga amal qilmagani uchun qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va hududiy bo‘limlari viloyatda 1863 ta tekshirish tadbirini tashkil etishgan. Jarayon davomida esa 6526 nafar fuqaro vaksina olmagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, vaksina olmaganlardan 1402 nafari tadbirkorlik subyektlari va 5035 nafari budjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bo‘lgan.
“Bunday holatlar Toshkent viloyatida 3608 tani tashkil etadi. Bular orasida 3229 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirildi, 374 nafari tegishli tartibda jarimaga tortildi, 5 ta obyekt faoliyati to‘xtatildi”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda iyul oyida 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangan edi.
2 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonun bilan Mehnat kodeksiga xodim emlanishdan bosh tortgan holda ish beruvchi uni vaqtincha ishdan chetlatishi mumkinligi haqida o‘zgartish kiritilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jami 30,5 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi kerak bo‘lganlarning 74,6 foizi vaksinaning kamida birinchi dozasini olgan.
Ruslanbek Davletov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2021
Davletov: ish beruvchi emlanmagan xodimini ishdan bo‘shatish emas, ishdan chetlatishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0