Siyosat

Yangi xalq taʼlimi vaziri tayinlandi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaMinistr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Baxtiyor Saidov
Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Baxtiyor Saidov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Prezident farmoni bilan Baxtiyor Saidov xalq taʼlimi vaziri lavozimini egalladi.
TOSHKENT, 18 noya – Sputnik. Baxtiyor Saidov xalq taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Baxtiyor Saidov nomzodini ushbu lavozimga maʼqullashgan edi.
Saidov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U shu kunga qadar Vazirlar Mahakamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida faoliyat yuritgan.
Saidov Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi sifatida 2017 yil iyundan beri ishlab kelayotgan edi. U 2018 yilning aprel oyidan Oʻzbekistonning Moʻgʻulistondagi elchisi, 2019 yildan esa — Filippindagi elchisi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimlarida ham faoliyat yuritayotgan edi.
Bugungacha xalq taʼlimi vaziri lavozimida ishlab kelgan Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala