Jamiyat

Ai-80 markali benzin narxi tushishni boshladi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
AI-80 markali avtomobil benzin narxi arzonlashdi.
TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bayonotiga koʻra, birja savdolariga qoʻyilgan AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming soʻmdan 9 365 ming soʻmga tushib, 8 foizga arzonlashdi.
Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,5 barobarga oshdi (32 tadan 112 taga).
Zapravochnaya kolonka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Iqtisod
Benzin narxi oshishi sabablari aniq boʻldi
Neftni qayta ishlash korxonalari tomonidan 2021 yil 17 noyabrdan boshlab birja savdolariga qoʻyiladigan kunlik umumiy avtomobil benzini hajmining kamida 20 foizini 1 tonnalik lotlarda qoʻyildi.
Birja savdolariga qoʻyilayotgan avtomobil benzini xaridorlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini 60 tonnalik lotlar boʻyicha 120 tonna hamda 1 tonnalik lotlar boʻyicha 10 tonna miqdorida (limit) belgilandi;
Birja savdolariga qoʻyilayotgan avtomobil benzinini kunlik qoʻyiladigan hajmlari oshirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala