Birinchi 100 kun: bizga bunday Afg‘oniston kerak emas

© AP Photo / Bernat ArmangueBoysi Talibana naslajdayutsya progulkoy na lodke po plotine Karga, Afganistan
Boysi Talibana naslajdayutsya progulkoy na lodke po plotine Karga, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Obuna bo‘lish
AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilgach, hech kim tomonidan tan olinmagan toliblar eng yaqin qo‘shnilaridan mamlakatni trasnformatsiya uchun norasmiy kart-blansh olishdi.
Ularga to‘sqinlik qilishmayapti, qo‘shma iqtisodiy loyihalarga orentir olinib, afg‘on aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatiladi.
Qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya avvaldan belgilab berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ijobiy natijalar kutmoqda: inklyuziv hukumatni shakllantirish, terrorchilik tahdidlarini kamaytirish, ayollarning teng huquqligi, narkotiklarsiz iqtisodiyot. Toliblarning yangi hukumatining birinchi 100 kuni hech qanday progressivlikni olib kelmadi.
Istrebitel F-35 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
O‘rta yer dengizidagi katta muvaffaqiyatsizlik: AQSh F-35 qiruvchisi qulab tushdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-noyabr kuni Afg‘onistondagi vaziyat Rossiya Federatsiyasi janubiy chegaralarida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rish va ittifoqchilar – Markaziy Osiyo davlatlariga yordam ko‘rsatishni talab qilishini aytdi.
Ustuvor vazifalarni belgilab berdi – nazoratsiz qochoqlar oqimining oldini olish, fuqarolar tinchligini o‘rnatishga faol ko‘maklashish, Afg‘onistonda terrorchilik tuzilmalari va narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlarni zararsizlantirish.
Shu kuni Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya shunday xulosa qildi: “Afg‘onistonda 15-avgustdan keyin o‘rnatilgan yangi voqelik na afg‘onlar o‘zini, na xalqaro hamjamiyatni mamlakatda barqarorlikni ta’minlashga yaqinlashtirmadi, uning hududida barqarorlik, tinch bo‘linmas davlat barpo qilishni ta’minlamadi, narkotik va jinoyatdan xoli qilmadi”.
Prezentatsiya novogo voyennogo samoleta Checkmate  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Bejirim va qudratli: Rossiya qiruvchisi Dubaydagi ekspertlarni lol qoldirdi
Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ogohlantirgandi: “Agar Kobuldagi yangi hokimiyatlar vaziyatni normallashtira olmasa, xalqaro hamjamiyat esa afg‘on xalqiga samarali yordam ko‘rsata olmasa, voqealar halokatli ssenariy bo‘yicha, jumladan, yangi ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkin, fuqarolar urushi davri, aholining umumiy qashshoqlanishi va ochlik. Bularning barchasi MDH mamlakatlari va butun dunyoga salbiy ta’sir qiladi. Rossiya va’dasini buzuvchi (toliblar) nisbatan sovuq g‘azabini shunday izhor qildi. Afg‘oniston Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarining ham sabri cheksiz emas.
Natijalar kerak. Kichik monoyetnik hukumatga ega o‘nlab afg‘on xalqlarini nazorat qilish - oson ish emas, vaqt toliblarga qarshi ishlamoqda. AQSh va NATO kabi tashqi o‘yinchilarning yangi geosiyosiy eksperimentlari va avanturlarining oldini olish juda muhim.

Xavfsizlik spektri

Harbiy jihatdan Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya janubiy chegaralarni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda – ular qurolli kuchlarning harbiy integratsiyalashuvini oshirmoqda, deyarli uzluksiz qator qo‘shma manevrlar o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, yilning ikkinchi yarmida Rossiya Tojikiston va O‘zbekistonga zamonaviy qurol-yarog‘ yetkazib berishni faollashtirdi.
Bu ko‘p qirrali, murakkab ish mintaqa xavfsizligining yagona ishonchli kafolati bo‘lib qolmoqda va yaqin kelajakda (oylar yoki yillar) shubhasiz davom etadi. Afg‘oniston hududida terrorchilik guruhlari tahdidlari saqlanib qolmoqda, toliblar viloyatlar va poytaxtda terrorchilik hujumlari nishoniga aylanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari janubdan “jihodchilar” bosqinidan xoli bo‘lishiga kafolat yo‘q.
Covmestnie ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennix na poligone Matibulak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Qaynoq Markaziy Osiyo: respublikalar harbiy kuchlarini qanday birlashtirmoqda
“Islom davlati”* terroristik guruhining Afg‘oniston hududida kuchayayotgan faolligi BMTda 18-noyabr kuni xavotir bilan tahlil qilindi: avgustda – 13 ta hujum, sentabrda – 38, oktabrda – 48 ta terakt. Mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat IShID* safining o‘sishiga yordam beradi – o‘sha yerda to‘laydilar.
Tolibon hukumati asosan Pokiston ta’sirida bo‘lgan “pashtunlar” bo‘lib, Afg‘onistonning 80ta xalq va kichiq xalqlarning iqtisodiy manfaatlari va diniy imtiyozlarini ifoda etmaydi. Rossiya, Xitoy, Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida turli maydonlarda Tolibonning nufuzli vakillari bilan olib borilgan muzokaralar bu hukumat tarkibi va samaradorligiga unchalik ta’sir qilmaydi.
Iqtisodiyot va ayollar huquqlari – “Amirlik”ning eng hal qilib bo‘lmaydigan 2ta muammosidir.
Kapitoliy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
AQSh qo‘lidan NATO sherikligi orqali O‘zbekistonni “siquvga olish” keladimi?
Birinchisi hali ham ko‘knori plantatsiyalariga tayanadi. 2021-yilda Afg‘onistonda ko‘knori ishlab chiqarish hajmi 8 foizga oshib, 6,8 ming tonnaga yetdi. Beqarorlik ko‘knori narxini ko‘taradi va bu “fermerlar”ni “ishlab chiqarish”ni oshirishga undaydi.
Boshqa tomondan, Islom Respublikasining eski hukumati AQShdagi hisoblari bloklangan, yangi sarmoya fondlari mavjud emas. Qo‘shnilar jiddiy iqtisodiy (energetika va transport) loyihalarini amalga oshirishga shoshilmayapti, bu yerda hech kim ularni amalga oshirish va xodimlarning xavfsizligini kafolatlamaydi. Tashqaridan insonparvarlik yordami kirib kelayotgan xavotirli ayovsiz doira Afg‘onistonning 40 million aholisi farovonligi uchun yetarli emasligi aniq.

Beqaror “amirlik”

Tolibon mamlakatda tartibni tiklashga intilmoqda va 18-noyabr kuni Kobul shimolida IShID* terrorchilik guruhiga qarshi operatsiya o‘tkazdi - ular uch nafar jangarini yo‘q qildi. Biroq, yangi hukumat "raqobatchilar" tomonidan qattiq qurolli qarshilikka duch kelmoqda - bir kun oldin "Islomiy davlat"* tomonidan uyushtirilgan ikkita portlash yuz berdi.
13 noyabrdan buyon bir hafta ichida “jihodchilar” poytaxtda qator portlashlar uyushtirishdi, qurbonlar soni ko‘p. Mamlakatning deyarli barcha viloyatlarida teraklar davom etmoqda. Ishonchli xavfsizlik tizimini yaratish uchun Tolibon yetarlicha kuch va malaka yetishmayapti, ular IShID* guruhining faoliyat maydonining kengayishini to‘xtata olmayapti.
NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
NATOda muammo yuzaga keldi: Belarus taslim bo‘lmayapti
Barqaror va xavfsiz Afg‘oniston – bu juda uzoq istiqboldir. Foreign Policy nashri yozishicha, ko‘plab o‘rta bo‘g‘indagi toliblar “siyosiy idora” kursidan hafsalasi pir bo‘ldi, norozilar IShID* otradlariga o‘tishni boshladi. Shubhasiz, partizan reydlari, narkotik moddalar kontrabandasidan olingan daromadlar bilan birgalikda - davlatni boshqarishdan ko‘ra osonroq ishdir.
Shu fonda Rossiya havo kosmik kuchlarining 3ta Il-76 harbiy-transport samolyoti 18-noyabr kuni Kobulga o‘nlab tonna gumanitar yordam yetkazdi va Afg‘onistondan Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston va Ukraina fuqarolari bo‘lgan 380 nafar kishini evakuatsiya qildi.
Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasidagi va umuman janubiy strategik yo‘nalishdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun 11 davlat – Rossiya, Afg‘oniston, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlarining sa’y-harakatlarini birlashtirgan Moskva maslahatlashuvlari formatidan faolroq foydalanmoqchi.
* RFda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0